Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi -kasbiy faoliyat sohalariga 
muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan 
ro‘yxatining raqamli belgisidir. 
O‘quv meyoriy hujjatlari 
Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongi 
xatti-harakat yetuk psixolog olim P.Y. Galperin va uning maslakdoshlari fikricha, asosan, 
quyidagi uch bosqichda amalga oshadi: 


94 
I. Birinchi bochqich. Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan aniq 
maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi. Maqsadga erishish yo‘llarini 
modellashtiradi. 
II. 
Ikkinchi bochqich. Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-
sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy xatti-harakatlar 
bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi. 
III. 
Uchinchi bosqich. Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi hisoblanib, 
unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosaga kelinadi. Kerakli 
hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar 
kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi. 
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-tarbiya ishi 
ham ushbu qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-tarbiya ishi ma’lum meyorlar doirasida 
amal qiladi. Bu meyorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar 
tekisligida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda, maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan 
ta’lim-tarbiya ishlari aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta 
tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi yangi o‘quv 
rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbiq 
etishni taqozo qildi. 
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim jarayoni, mazmunini isloh 
qilish, asosan, meyoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari va dasturlari) 
asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g‘oyalariga muvofiq amalga oshirilishi 
alohida ta’kidlab o‘tilgan. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling