Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

4. Tasniflagich tuzilmasi. 
Kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari tasniflagichi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida kichik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari kasblarining va 
mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. 
Davlat ta’lim standartlari ( DTS)- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim 
mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. DTSlarini bajarish O‘zbekiston 
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
Tasniflagichda sakkizta bilim sohasi nazarda tutilgan: 
1. Ta’lim; 
2. Gumanitar fanlar va san’at; 
3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq
4. Fan; 
5. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari
6. Qishloq xo‘jaligi; 
7. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot; 
8. Xizmatlar. 
Tasniflagichda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, tayyorlov yo‘nalishlari va 
ixtisosliklar yettita raqamli kod bilan belgilanadi. Ta’limning xalqaro klassifikasiyasiga binoan 
ta’lim bosqichi - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 3-raqami bilan belgilangan. Masalan: 3144610, 
3210210, 3380110 va boshqalar. 
O‘rta maxsus, kasb — hunar ta’limi kodlarida: 
Birinchi raqam - ta’lim dasturi bosqichi kodi
Ikkinchi raqam - bilim sohasi kodi; 
Uchinchi raqam - ta’lim sohasi kodi; 
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar - tayyorlov yo‘nalishi kodi; 
Oltinchi va yettinchi raqamlar - ixtisosliklar kodi. 


95 
Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim (bakalavriat) da 
uzviylikni ta’minlash maqsadida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, 
kodlari oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan. 
22-Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling