Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 -Mavzu: O‘MKHT kasblari va mutaxassisliklarini turkumlash


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

21 -Mavzu: O‘MKHT kasblari va mutaxassisliklarini turkumlash. 
Reja. 
1. O‘MKXT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat 
Klassifikatori, uning maqsadi va obyektlari
2. Mutaxassislik, kichik mutaxassis, kichik mutaxassis vazifalari, kasbiy faoliyat 
sohasi. 
3. O‘MKHT ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari tushunchasi
4. Tasniflagich tuzilmasi. 
1. O‘MKXT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat 
Klassifikatori, uning maqsad va obyektlari
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari 
umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy 
axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar 
Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqish va joriy 
etish to‘g‘risida» gi 1998-yil 5- yanvar 5-son qarori asosida tayyorlangan. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklari 
umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar 
tayyorlash bo‘yicha milliy dastur» qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 
meyoriy hujjatlariga asoslanib tuzilgan. 
 
Mazkur tasniflagich O‘zbekiston Respublikasining hududlarida foydalanish uchun ishlab 
chiqilgan. 


93 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va 
mutaxassisliklari tasniflagichning tasniflash obyektlari hisoblanadi. 
Mazkur Tasniflagichda tayyorlash yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlash yo‘nalishlari 
turkumiga kiruvchi kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati keltirilgan. 
Ushbu tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksasiyalash maqsadida 
foydalaniladigan ta’limni xalqaro standart tasniflash (TXST) kodlari ham keltirilgan. 
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va ixtisosliklar kodi — kasbiy faoliyat sohalariga muvofiq 
kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining 
raqamli belgisidir. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling