90
Vazirlar Mahkamasi 1998 yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim Vazirligi O‘rta maxsus, kasb-unar ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror
qabul qildi. Ushbu Markazni
tashkil etishdan maqsad, kadrlar tayyorlash Miliy dasturida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish hisoblanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazning asosiy funksiyalariga quyidagilar
kiradi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi faoliyatini muvofiqlashtirish
va boshqarish;
akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarning turlarini va yo‘nalishlarini belgilash,
ularni
respublika regionlarining geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni hisobga olgan
holda oqilona joylashuvni ta’minlash;
akademik liseylar, kasb-hunar kollejlarni loyihalash va qurilishga bosh buyurtmachi
funksiyani
bajarish;
mavjud o‘quv yurtlarini qayta tiklash va kapital ta’mirlash sifatini ta’minlash;
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqarish va amalga oshirishni nazorat qilishni
ta’minlash;
akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari pedagogik va muhandis-pedagogik
xodimlarni
tanlab olish, ularni tayyorlash malakasini oshirish, malaka darajasida faoliyatlarini nazorat qilish;
malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakatdagi va dunyodagi ilg‘or tajribalarni tahlil
qilish, umumlashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining moddiy va ta’limiy
bazasi sifatiga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqarish;
akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarini axborotlar bilan ta’minlash, yangi darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, ilg‘or pedagogik va axbort texnogiyalarini yaratish hamda o‘quv jarayoniga
joriy etishni
tashkil qilish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarni faoliyatlarni boshqaradigan meyoriy aktlar
loyihalarni ishlab chiqarish;
Do'stlaringiz bilan baham: