Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 - Mavzu: Kasb-hunar ta’limini boshqarish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

20 - Mavzu: Kasb-hunar ta’limini boshqarish. 
Reja: 
1.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy 
asoslari. 
2.O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar 
ishining mazmuni. 
1.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning umumiy va ilmiy 
asoslari. 
O‘zbekistonda ta’limni boshqarish tizimi davlat xarakteriga ega. Bu jarayonga hamma bab-
baravar, shuningdek hukumatning mahalliy organlari vakillari jalb etiladi. Ishbilarmon doiralar
jamoat tashkilotlari va fondlar ta’limini boshqarishda ishtirok etmaydilar. Ularning ishtiroki 
ta’limini moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyat tug‘dirgan bo‘lur 
edi. 
O‘zbekistonda boshqarishning ilmiy asoslari paydo bo‘lishi o‘zining chuqur tarixiy 
ildizlariga ega bo‘lib, uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib O‘rta Osiyo Amir Temur 
hukmronligi davrida to‘la shakllangan edi. Bu davrda yuqori intizom, ijtimoiy himoya va oliy 
darajadagi boshqarish tizimiga ega bo‘lgan davlatning bunyodga kelishi o‘rta asr davridagi 
boshqarish uslublari o‘zida eng ilg‘or g‘oyalarni mujassamlashtirilganidan darak beradi. 
Boshqaruv tizimining samarali tashkil etilishi, uning insonparvarlik, kasbiy va rasional usul bilan 
tashkil etilishi, uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy 
ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 
Ma’lumki, boshqarish deb, ko‘zda tutilgan maqsad uchun qilinadigan harakat tushiniladi. 
Har qanday boshqarish asosida ko‘zda tutilgan maqsad yotadi. Boshqarishda boshqaruvchi tizim 
va boshqariluvchi tizimga amal qilinadi. Shunday ekan boshqarish biror bir tizimni ikkinchi bir 
tizimga o‘zgartirishga aytiladi. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta’sir ko‘rsatishda amal 
qilishi kerak bo‘lgan qonun qoidalarga boshqarish tamoyillari (prinsiplari) deb ataladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqarishning quyidagi tamoyillarini keltirish 
mumkin va u tamoyillar bozor iqtisodiyoti sharoitida ham amal qiladi: 
1. Demokratik tamoyili. 
2. Siyosiy rahbarlik tamoyili.
3. Xo‘jalikni rejali yuritish tamoyili. 


89 
4. Ilmiylik tamoyili. 
5. Kadrlarni to‘g‘ri tanlash tamoyili. 
Boshqarishning tamoyillari bilan birga uning vazifalari ham mavjud. Boshqarishning 
vazifasi kishilarning subyektiv faoliyatini birinchi navbatda boshqarish sohasidagi faoliyatini 
obyektiv qonunlarning talablariga ana shu qonunlar belgilab beradigan progressiv 
tendensiyalarning talablariga muvofiqlashtirishdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish respublika qonunlari belgilaydigan 
vakolatlar doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling