Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


O‘quvchilarni o‘rganish metodlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

O‘quvchilarni o‘rganish metodlari 
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari,
ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining 
pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish 
tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni 
kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. 
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo‘linadi. Bevosita va bilvosita qayd 
qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-harakatlari va
hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli biror-bir hodisaning 
oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo‘llash 
vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari 
xilma-xil texnika vositalari (kinofilm,videotasvir teleko‘rsatuv, ) ni qo‘llash bilan tobora ko‘p 
qo‘llanilmoqda. 
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik 
ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida 
og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida 
qo‘llaniladi. 
Suhbat metodida - o‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng
jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan 
farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan 
bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. 
Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasida intervyu tashkil etishning ko‘p usullari 
mavjud: 
- guruhlar bilan; 
- intensiv; 
- sinov va h.k. 
Talabalar ijodini o‘rganish – ularning o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir 
omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling