Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

 Pedagogik so‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan o‘quvchilarning biror 
tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash 
savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-
5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha","yo‘q") ham taqozo etishi 
mumkin. 
Test, so‘rovnomalar - bu so‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qo‘llanganda yaratilgan 
o‘quvchilar tarbiyasi to‘g‘risidagi yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli 


99 
fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli 
xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi. 
Test savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini yoppasiga 
baholashdir. 
Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test yordamidagi 
sinovdir. 
Test yordamida sinov talaba yoki mutaxassisning bilimi, ilmi, ma’naviyati hamda 
yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan aniqlash yoki
baholashga imkon beradi. Test yordamida bilimni baholashning pedagogika nuqtai nazaridan 
ba’zi bir yutuqlari va kamchiliklarida keltirilgan va baholash jarayonini EHM yordamida 
avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test savollari va masalalarining jozibadorligiga sabab, 
uning qisqa va lo‘ndaligi, to‘g‘ri javobni umumiy javoblar ichida borligi va ularning talabalarga 
ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilishi,uning topishmoqli o‘yinga o‘xshashligi va javobni topishda 
xotira,intuisiya va topqirliklar qo‘l keladi. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil 
ishlashini yanada faollashtiradi. 
3. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari 
 Ta’lim-tarbiya ishida aniq didaktik maqsadlarga ko‘ra tahsil beruvchi va tahsil 
oluvchilarning o‘zaro aloqador biri ikkinchisini taqozo etuvchi hatti-harakatlari majmuasi yoki 
muloqotda bo‘lish usullariga ta’lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi. 
Tarbiya metodlarini turkumlash: 
1. Tarbiyaviy jarayonda axborotini o‘zlashtirish manbaiga ko‘ra: 
a) og‘zaki (so‘zlab berish, savol-javob, suhbat, ma’ruza,tushuntirish, bayon etish kabilar); 
b) ko‘rsatmali (ko‘rsatmali bayon etish, tushuntirish); 
v) amaliy (tajriba sinovlari va laboratoriya ishlari, o‘quv ishab chiqarish mehnati); 
2. Tarbiyaviy jarayonda axborotni uzatilishi va o‘zlashtirish mantiqiga ko‘ra: 
a) oddiydan murakkabga (induktiv); 
b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma’lumga (deduktiv); 
3. Tarbiya jarayonini o‘rganuvchilarning mustaqil tarbiya tafakkuri darajasiga ko‘ra: 
a) mahsulsiz (reproduktiv); 
b) mahsullik (produktiv); 
4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga ko‘ra: 
a) Tarbiya beruvchi rahbarligidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar; 
b) Tarbiya beruvchi rahbarligisiz tahsil oluvchilarning mustaqil ishlari (manbalar bilan 
ishlash, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, mehnat vazifalarini bajarish va shu kabilar); 
5. Tarbiyalanuvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha: 
a) tarbiyalash o‘yinlari; 
b) tarbiya bo‘yicha munozaralari
v) tarbiya bo‘yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish; 
6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag‘batlantirish usuliga ko‘ra: 
a) ishontirish; 
b) talab qo‘yish; 
v) qo‘yilgan talabga muvofiq mashq qildirish; 
g) rag‘batlantirish va jazolash; 
7. Nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuliga ko‘ra: 
a) yakka holda tarbiyalash; 
b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash; 
v) og‘zaki va yozma sinov yoki so‘rovnomalar; 
g) dasturli so‘rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz); 
d) o‘z-o‘zini nazorat qilish va shu kabilar. 
Pedogogikada maqsadiga ko‘ra tarbiya metodlari quyidagi guruppalarga ajratiladi: 
faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va 
faoliyatni rivojlantirish metodlari. 


100 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari va metodlari.
O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida quyidagi shakillardan foydalaniladi. 
1.Fan asosslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash. 
2.Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarni 
tarbiyalash. 
3. Darsdan tashqari tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy va 
turli xil tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash. 
Fan asoslarin io‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash xarbir fan va undagi xar bir 
mavzuni o‘rganish jarayonida uning tarbiyaviy xarakterini, tomonlarini ochib berish orqali amalga 
oshiriladi. 
O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish ularning
jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda esa, hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Dasrdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulot va muloqat quyidagilarga imkon beradi:

bir-birini bilish; 

yaxshi munosabatlar shakllanishi; 

shaxs qirralarini anglash; 

yaxshi daqiqalarni birgalikda boshdan kechirish; 

insonlarning yaqinlashuvi; 

hamkorlikdagi hissiy kechinmalar; 

do‘stlashish-ruhiy yaqinlashish

tarbiyachi kasbining kerakligini his etish; 

ehtiyoj-talabni his etish. 
Darsdan tashqari tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy va 
turli xil tarbiyaviy tadbirlar tarbiyalamoq o‘quvchi-yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq 
demakdir 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling