Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Tarbiyaviy ta’sirning birligi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Tarbiyaviy ta’sirning birligi. Bu prinsip tarbiyaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslar
tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, pedagogik ta’sirni o‘zaro to‘ldirgan holda, birlashib xarakat 
qilishlari tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yishlari, bir-birlari yordam berishlari 
talab etiladi. 
2.O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari. 
Tarbiyaviy tizimining eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri – bu shaxsni ijodkorlikka, 
mustaqillikka, insonparvarlikka, o‘zini qadrlay bilimsh va o‘zgalarga urmat qilishga o‘rgatishdir. 
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari qo‘yiladi. 


97 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ustivor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 

o‘quvchilarning qiziqishi-xohishiga qarab ta’lim muassasasi va undan tashqarida tashkil 
etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish; 

o‘quvchilar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish; 

fan to‘garaklar, texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar va amaliy ijodkorlik mazmunini 
o‘zgartirish; 

badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish; 

ta’lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida o‘z-o‘zini boshqarishni 
rivojlantirish. 
Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, guruh rahbari,
muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda asosiy shaxslar hisoblanadi. 
Ular o‘quvchi yoshlarning individual xususiyatlarini, hayot sharoitini o‘rganadi va tahlil etadi, 
o‘quvchilar jamoasining rivojlanishi borasida bashorat qiladi, ular shaxs sifatida o‘z-o‘zini
belgilashga yordam beradi. 

O‘quv-tarbiyaviy 
jarayonida 
yuritiladigan 
asosiy 
hujjatlardan 
biri 
bu 
o‘kuvchilarching psixologik pasporti - xarakteristika. Ta’lim muassasasida har bir o‘quvchining 
psixologik pasporti bo‘lishi lozim. Uni muntazam ravishda to‘ldirilib borilishi tarbiya jarayonida 
ishtirok etuvchi har qanday shaxs (ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, guruh 
rahbari, muhandis-pedagog, tarbiyachi o‘quvchi) ning refleksiv madaniyatini oshirishga xizmat 
qiladi. Pasport xarakteristikada qayd etiladigan ma’lumotlar uchta manba orqali olinadi kuzatish 
va o‘quvchilar bilan suhbatlashish hujjat (shaxsiy varaqalar, tibbiyot ko‘rigi, kartalar, jurnallar va 
boshqalar) bilan test savollari treninglar o‘tkazish orqali. Tarbiyaviy masalalarni hal etishdagi
qiyinchiliklar o‘quvchi-yoshlarning o‘smir yoshi bilan bog‘liq muammolar, ularning jismoniy va 
ruhiy o‘ziga xosligi, yoshlarning norasmiy guruhlari ommaviy axborot vositalarining o‘quvchi-
yoshlarning xulq-atvoriga ta’sirining yoritishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari o‘smirlarga ta’sir 
ko‘rsatish borasida raqobatlarning kuchayganini ham nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bunda 
shubhasiz, ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar g‘olib kelmog‘i kerak. Ta’lim muammolarda 
o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan ishlashga katta o‘rin ajratiladi. Ota-onalar bilan muntazam 
ravishda psixolog suhbatlashadi va maslahatlashadi. Xolbuki, bunga doimiy ravishda ehtiyoj ortib 
bormokda. Shuning uchun ota-onalar lektoriyalarini muntazam (ravishda psixolog suhbatlashadi 
va maslahatlashadi) yo‘lga qo‘yishga muhimdir. Pedagoglar huquqni muhofaza etuvchi 
tashkilotlarning xodimlari va boshqalar ishtirokida anjumanlar tashkil etish yaxshi samaralar 
beradi. O‘quvchilarga tarbiya berish va ular shaxsni rivojlantirishda adabiyotning tarbiyalovchi
imkoniyatidan foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Badiiy adabiyot ta’sirida o‘quvchilar 
shaxsini shakllantirishning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bunda ular ijodiy qobiliyatini, 
barcha ma’naviy imkoniyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari
jamoaning ijodiy ishlari metodikasi bo‘yicha tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish o‘quvchilarning 
aqliy imkoniyatlarini oshiradi. Jamoaning ijodkorlik ishlari deyilganda, ta’lim muammosida turli 
mavzular bo‘yicha har xil anjuman yig‘ilishlar, tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
etish tushuniladi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida turli uyushma yoki 
jamoatchilar tashkilotlari tuzilib, ishlab chiqilgan Nizomlar asosida tadbirlar o‘tkazish maqsadga 
muvofiq.
Bizning nazarimizda, o‘quvchining ta’lim-tarbiyasi borasida ushbu maqsadlar hozirgi 
zamon o‘zbek ta’limi uchun istiqbolli hisoblanadi. Darhaqiqat, tarbiyalash texnologiyalari 
borasida Vatanimiz fani va amaliyotida yetarli darajada katta tajribalar to‘planganini e’tirof 
etmoq zarur. Demak, ma’naviy meros va uning natijasi o‘laroq, ma’naviy kamolot
maqsadga erishish kafolatdir, desak xato bo‘lmaydi. Har qalay yosh avlodni oldindan belgilangan 
stereotiplar asosida shakllantirish payti o‘tdi. Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni jamiyat rivojlanishining 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan muntazam tanishtirib borish o‘ta muhimdir.
Bu ularning o‘z hayoti yo‘lini erkin tanlashga imkoniyat yaratadi. Demak, yangi maqsadlarga 
muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish usullari ham o‘zgaradi.. 


98 
O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish ularning
jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda esa, hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Tarbiyaviy ishlar darsdan tashqari faoliyat bo‘lib, tarbiyalamoq o‘quvchi-yoshlarning 
faoliyatini tashkil qilmoq demakdir. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tarbiyaviy ishlarda katta samara 
beradi. Texnologiya - bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rag‘batlantirish qonunlarini o‘zida jo 
qilgan va yakuniy natijasini harakatlaydigan pedagogik faoliyatdir. Zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarda loyiha usulida keng foydalanilmokda. Loyiha asosida o‘tkaziladigan ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tarbiyaviy ish strategiyasini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Loyiha usullari-
maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, maqsad oldindan belgilanadi. Tarbiyaviy
yoshlar loyihasi bu o‘quvchilarning ijodiy, ma’lum darajada mustaqil faoliyati: 
• bunda o‘quvchilarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani ijro etish uchun 
zaruriy material-ma’lumotlar to‘plashadi;
• tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi; 
• tadbirlarni amalda tashkil etish - o‘tkazishda faoliyat ko‘rsatishadi; • tadbirlarning 
ijtimoiy ahamiyatini bilishadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling