Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar 
 
 
 
ДТС, ўқув 
режа ва 
дастурлари, 
Дарслик 
кабилар, 
Ўқувчиларнинг 
билим, кўникма 
ва малакаларини 
Ишлаб 
чиқариш 
таьлими ва 
амалиёти 
Таҳсил 
олувчиларнинг 
онглилиги хоҳиши ва 
фаол ўқув- билиш 
фаолияти 


107 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
25-Mavzu: Kasb-hunar ta’liimida innovasion yondoshuv. 
Reja: 
1. “Innovasion” yondoshuvda pedagogik tizim. 
2. Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari. 
3.Amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilayotgan pedagogik (ta’lim) texnologiyalarga 
qo‘yiladigan asosiy talablar olimlar tomonidan e’tirof etilishi. 
1. “Innovasion” yondoshuvda pedagogik tizim. 
Ta’lim tizimida tub islohotlar zarurligini e’tirof etish uchun o‘tgan asrning 80- yillaridan 
boshlab pedagogik leksikonda “Innovasiya” iborasi qo‘llana boshladi. U pedagogika nazariyasi 
va amaliyotida allaqachon o‘z o‘rnini topgan bo‘lsada, uning mohiyati shu paytgacha to‘laqonli 
yoritilmagan hisoblanadi, ya’ni yakdillik mavjud emas. 
Keng ma’noda “Innovasiya” pedagogik tizimga yangilik kiritish yo‘li bilan ta’lim-tarbiya 
jarayonini maqbullashtirish, sifat va samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Pedagogika 
tizimiga kiritilgan yangilik sifat va samaradorlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Biz tizimga
uning ichki zahira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish 
maqsadida kiritilgan yangiliklargina innovasiya deb tushunamiz. 
Pedagogik tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va samaradorlikka erishishga oid g‘oya, 
nazariya, qoida,shakl, metodlar va vositalar tizimini – pedagogik innovasiyalar sifatida qabul 
qilish mumkin. So‘nggi 20-25 yillar davomida pedagogik tizimga ko‘plab yangiliklar 
kiritilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Misol sifatida yangi konsepsiyalar, investisiyalar, 
DTS, testlar, muqobil o‘quv rejalari, yangi turdagi o‘quv yurtlari, texnologiyalar va shu kabilarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Ma’lumki, pedagogik jarayon tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lib, ma’lum belgilangan 
chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar kiritilayotgan yangilik 


108 
ruxsat etilganidan ortib ketsa, tizim buzilib, uning o‘rniga yangi xususiyatga ega boshqa tizim
hosil bo‘ladi. 
Pedagogik jarayon (tizim) o‘zining mohiyatiga ko‘ra har doim texnologiyalashadi. 
Texnologiyalanish pedagogik tizimning ichki sifati bo‘lib, uning imkoniyatlari qat’iy qonuniyat 
va qoidalarga bo‘ysunadi. 
Texnologiyada variativlikka imkon berilmaydi, undan biror kichik komponentni olib 
tashlab bo‘lmaydi chunki texnologiyada ortiqchalikningni o‘zi mavjud emas. 
Undagi biror komponentni almashtirsak,albatta natija o‘zgarib ketadi. 
Tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki, bir paytning o‘zida uning ko‘p 
parametrlarini (yo‘nalishlarda) yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga 
yangiliklarni asta- sekinlik bilan kiritib, uning foydaliligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng har 
tomonlama tekshirish, keyingi o‘zgartirishlar haqida o‘ylash zarur. Tahlillarimiz pedagogik 
tizimni takomillashtirishning quyidagicha ikkita: jadal va ekstensiv (nojadal) yo‘llarining 
mavjudligini ko‘rsatadi. Jadal yo‘l, pedagogik tizimning ichki imkoniyatlari hisobiga 
rivojlantirishni ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha vositalar, jihozlar, vaqt, kuch, mablag‘lar jalb 
etishni nazarda tutadi. 
Pedagogik jarayon ko‘p qirrali bo‘lib, unga tarixiy, ilmiy-pedagogik, psixologik, 
fiziologik, gigiyenik, tashkiliy boshqaruv, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, mafkuraviy, huquqiy 
meyoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi ko‘p sonli olimlar va 
amaliyotchilar tomonidan ta’kidlangan. Pedagogik jarayonni jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi 
asosiy omil deb qarab J.G‘. Yo‘ldoshev va S.A. Usmonovlar uni:: “Ijtimoiy hodisa, nazariy 
fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayon, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda 
aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi” tarzda talqin etadilar. 
Bundan pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlovchi ustuvor omil ekanligi kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyati va 
mazmuniga ko‘ra jamiyatshunoslik, psixologiya, fiziologiya, pedagogika fanlari nazariyasi va 
amaliyoti, ilg‘or tajribalar, shaxs va jamiyat taraqqiyoti haqidagi g‘oyalar asosida rivojlanadi. 
«Texnologiya» iborasi grekcha - «techne» - mahorat, san’at, va «logos» - ta’limot, 
o‘rgataman yoki o‘rganaman ma’nosini anglatadi. U pedagogikaga ishlab chiqarish sohasidan 
kirib kelgan . 
Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olib qaraganda, texnologiya- mehnat obyektiga 
maqsadga muvofiq ta’sir etib, uning holati, xususiyati, shakli kabilarni o‘zgartirish san’ati, 
mahoratini o‘zlashtirish manosini anglatadi.
Pedagogik nuqtai nazaridan olib qaraganda, u o‘quvchilar ongi, sezgilari, his-tuyg‘ulari 
kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda ko‘zda tutilgan bilim, (ko‘nikma, malaka) va 
shaxsiy fazilatlarni shakllantirish tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda jarayon ishtirokchilarining 
shaxsiy va texnik vositalar imkoniyatlari hisobga olinishi tabiiy holdir.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling