Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoatchilik fikri
- 24-Mavzu: Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilish metodlari va baholash mezonlari. Reja: 1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish.
- Tavsiya xarakteriga ega bo‘lgan foydalanishda har bir o‘quvchining individual
Pedagogik talab
O‘quvchilarga talab bevosita va bilvosita shaklda quyilishi mumkin. Bevosita talablar buyruq, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqdir. Ular jamoa endi tarkib topayotgan paytda guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichi uchun xosdir. Bilvosita talablar-iltimos, maslahat, shama qilish va hokazolar o‘quvchilarda muayyan darajada shakllangan e’tiqod, motivlar, to‘g‘ri xulq - atvor, odamlar bo‘lishini taqozo etadi. Talablarning bilvosita shakli ko‘pincha bevosita talablardan samaraliroq bo‘ladi. Jamoatchilik fikri Jamoaning baholari, mulohazalari, irodasini birlashtiruvchi jamoatchilik fikri mohir pedagog qo‘lida katta tarbiyaviy samara beradigan faol va ta’sirchan kuchdir. O‘quvchilarning yig‘ilishlardagi nutqlari, mavjud kamchiliklar xususida aytilgan tanqidiy mulohazalar, devoriy gazetadagi maqolalar, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlarining qarorlari, jamoatchilikning ma’qullashi yoki qoralashi, jamoa talabi va hokozolar jamoatchilik fikri ifodasining shaklidir. Rivojlangan jamoada jamoatchilik fikrining roli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga jamoatchilik fikri stixiyali tarzda shakllanmaydi. U o‘qituvchi va boshqa pedagoglar tomonidan guruhdagi tarbiya jarayonining boshqarilishi qanday bo‘lishiga bog‘liq. 24-Mavzu: Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilish metodlari va baholash mezonlari. Reja: 1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish. 2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilish individual o‘ziga xos xususiyatlari va baholash mezonlari. 1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish. Nazorat keng ma’noda nimanidir tekshirishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda u ta’lim-tarbiya ishida ishtirokchilar orasida teskari aloqani ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati bo‘yicha tashqi va ichki nazorat qilishni ham ta’minlaydi. Ta’lim-tarbiya ishida teskari aloqa bu jarayonga kerakli vaqtda o‘zgartirishlar kiritish, uning mazmuni, metodlari, tashkil etish shakllarini takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘quv- bilish faoliyatlarini boshqarish va unga rahbarlik qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, dasturiy materialni o‘rganish ma’no va mohiyatini tushunish, mustahkamlash, qo‘llash, ya’ni shakllantirish bilan bevosita bog‘liq. Nazoratning rejali ravishda amalga oshirilishi o‘qituvchiga ma’lum bir paytda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish, muvaffaqiyatga erishish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi. O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlari natijasini obyektiv tahlil qilish o‘qituvchi va ta’lim muassasalari rahbarlariga ta’lim- 105 tarbiya ishlarining holatini aniqlashga va takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishining uyg‘un holda olib borilishi har bir o‘quvchiga o‘zi erishgan yutuqni ko‘rib, mohiyatini anglashga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishga imkon beradi. O‘quvchilarni o‘z ustida muntazam ravishda ishlash, ijobiy shaxsiy fazilatlarni takomillashtirish, jamoaviy ishlash kabilarga o‘rgatadi. Nazoratning barcha funksiyalaridan majmuaviy foydalanishdan maqsad ta’lim-tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini oshirishga erishishdir. Ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarini nazorat qilishga qo‘yilgan pedagogik talablar sirasiga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1 .Nazoratning individual xarakterga egaligi, har bir o‘quvchi ishini nazorat qilishni ko‘zda tutib, boshqa o‘quvchi yoki guruh o‘quvchilarining umumiy natijasi bilan aralashtirib yubormaslik yoki aksincha; 2. Nazorat o‘tkazilishining muntazamliligi, uning o‘quvchilarning boshqa o‘quv-bilish faoliyati bilan uyg‘unligi; 3 .Nazoratning turli shakllaridan unumli foydalanib, uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarini ta’minlash, nazoratni o‘tkazishga o‘quvchilar qiziqishini oshirish; 4 .Nazoratning har tomonlamaligiga erishish; 5 .Nazoratning obyektiv bo‘lishi. O‘qituvchining noo‘rin, subyektiv, xato baholovchi xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik; 6. O‘quv predmeti va bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni nazarda tutuvchi tabaqalashtirilgan yondoshuvga amal qilish; 7 .Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar. Yuqorida zikr etilgan talablarga amal qilish nazorat ishonchliligini oshiradi, ta’lim- tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va to‘g‘ri bajarilishiga imkon beradi. Nazoratning mazmuni, turlari va amalga joriy etish metodlari: Nazoratning mazmuni, didaktik vazifalari, o‘quv predmetlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim bosqichi, o‘quvchilarning tayyorgarlik va rivojlanganlik darajasi kabi omillarga ko‘ra aniqlanadi. Eng muhimi nazoratda o‘quvchilar o‘qituvchidan yoki boshqa manbalardan o‘zlashtirganlarini to‘lig‘icha qaytarib berishni maqsad qilib olmasligi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega, chunki u dinamik o‘zgarish, maxsus hamda shaxsiy fazilatlarning shakllanishini, onglilik va faollik, o‘qib- o‘rganishga qiziqishni uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur. Respublikamiz ta’lim muassasalari amaliyotida nazoratning joriy, oraliq (davriy) va yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi. Joriy nazorat - o‘qituvchi tomonidan asosan har bir mashg‘ulot (dars)da o‘quvchining har kunlik ishini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi. Bunday nazoratdan oldin o‘qituvchi avval o‘tilgan materialni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganligi bilan tanish bo‘lishi zarur. Buning uchun o‘quvchilarning yozma ishlari, jurnaldagi qaydlarni o‘qituvchi mukammal o‘rganishi zarur bo‘ladi. Joriy nazorat muntazam ravishda yaxlit guruh va har bir o‘quvchining ishini kuzatish yo‘li bilan darsning barcha bosqichlarida, ya’ni yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash va qo‘llash bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin. Bunday ko‘rinishdagi nazorat o‘quvchilar tomonidan muntazam ravishda mustaqil ishlarni bajarishga bo‘lgan intilishini oshirishga, sinf xonasidagi va uy ishlarini bajarishga, o‘qib-o‘rganishga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishga nisbatan javobgarlik his-tuyg‘ularini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv yarim yilligi va yilning tugatilishi bilan o‘tkaziladi. Bunday nazorat orqali nisbatan katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatining natijalari tekshiriladi. Yakuniy nazorat - o‘quv yilining oxirida, shuningdek, o‘quv kursi o‘rganilib bo‘lingandan so‘ng joriy va oraliq nazorat natijalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Nazorat metodlari: bu ma’lum usullar yordamida o‘quvchilarning o‘quv – bilish faoliyati va o‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini aniqlash yo‘llari majmuasidir. 106 Amaliyotda kuzatish bilan birga og‘zaki va amaliy nazorat metodlari keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud. Og‘zaki nazorat qilish metodlariga: o‘quvchilarni so‘rash, texnologik xaritalar, chizmalar (texnik yoki texnologik) hujjatlarni o‘qish kabilarni kiritish mumkin. Beriladigan og‘zaki savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil, sintez, isbotlash, qiyoslash va solishtirish, kabi mantiqiy fikrlash yo‘llari haqida tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur. Yozma nazorat metodlari: o‘zining vaqtni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir.Bunda o‘quvchilarning mustaqillik darajasi yuqori bo‘lib, bir yo‘la butun guruhning tayyorgarlik darajasini aniqlashga erishiladi.. Kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hisoblanadi. Ana shu maqsadda O‘MKHT Markazi buyurtmasiga binoan maxsus ijodiy guruh “O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakasini baholash mezonlari” ishlab chiqilishi shart. Bunday talablarning qo‘llanishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga yagona talablarni ta’minlaydi, imkon qadar yuqori va ilmiy saviyada maxsus fanlar va ishlab chiqarish ta’limini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatadi, bu jarayon ishtirokchilarida javobgarlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, mehnat natijasini baholashda rasmiyatchilikni bartaraf etadi. 2. Tavsiya xarakteriga ega bo‘lgan foydalanishda har bir o‘quvchining individual Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling