Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana15.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1201233
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan

3.Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish 
Tarbiya jarayonida “o‘quvchi” tushunchasi bilan bir qatorda “shaxs” tushunchasidan 
foydalaniladi. Bu bilan tarbiya jarayoni avvalambor o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga 
qaratilganligi ta’kidlanadi. “Shaxs” nutq qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat faoliyatiga layoqatli 
aqlli zot-insondir». Shaxs atrofidagi odam bilan o‘zaro faol munosabat jarayonida, jamiyatda, 
jamoada, boshqa odamlar bilan muomalada shakllanadi. Shaxs tushunchasi alohida odamga unga 


103 
xos bulgan shaxsiy xususiyatlar bilan tavsif berish uchun foydalaniladi. Shaxsning asosiy 
xususiyati jumlasiga uning o‘ziga xosligi, fikrlash tarzi, faoliyati motivlari kiradi. 
Tarbiyaviy jarayonning asosi, shaxsning ijtimoiy jihatdan qimmatli fazilatlarni 
shakllantirishning asosiy manbai - faoliyat va muomaladir. Tarbiyalanuvchilarning jamiyatga 
foydali faoliyati qanchalik oqilona tashkil etilgan bo‘lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali 
kechadi. Tarbiya jarayonining ana shu muhim qonuniyatini o‘qituvchi hamisha yodda saqlashi va 
doimo o‘z tarbiyaviy tadbiq etmog‘i darkor. 
Tarbiya jarayonining asosi bo‘lgan ijtimoiy-foydali faoliyat o‘quv mehnatini ham, unumli 
mehnatini ham, jamoatchilik asosidagi mehnatini ham, ishdan tashqari paytdagi ijtimoiy faoliyatini 
ham o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida muomalaning xil-xilma 
shakllari tarkib topadi, shaxsning ijtimoiy qimmati vazifalari rivojlanadi. O‘quvchilar ijtimoiy 
foydali mehnatning har xil turlarida qatnashib, aslida jamiyat ishlariga kirishib boradilar, jamiyatda 
muayyan o‘rnini egallaydilar. Yigit va qizlar ijtimoiy mehnatga qo‘shilib o‘zlarining 
ahamiyatlarini, jamiyatga foydali ekanligini his qiladilar. Faoliyat jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlar o‘quvchilar zimmasiga jiddiy vazifalarni yuklab, ularning xulq atvoriga, shaxs 
xislatlariga nisbatan yuksak talablar qo‘yadi. O‘qituvchining o‘quvchilar ijtimoiy foydali 
faoliyatini tashkil etish sohasidagi ishning muhimligi ham ana shundan kelib chiqadi. U 
o‘quvchilarni ana shunday faoliyatning har xil turlariga jalb qilibgina qolmay, eng muhimi, ularda 
ana shu faoliyatga munosabatni, shuningdek faoliyat jarayonida tarkib topadigan o‘quvchilar 
o‘rtasidagi munosabatlarini tarbiyalashi lozim. Ta’lim jarayoniga nisbatan tarbiya jarayonining 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda asosiy vazifa - faoliyat usullarini egallashdan iborat bo‘ladi.
Shaxs yaxlit zot bo‘lib, uning har bir xislati boshqa xislatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Shu sababli insonni qismlarga ajratib tarbiyalab bo‘lmaydi. Bu esa tarbiya vazifalarini, avvalo 
o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat va axloqiy tarbiyasi vazifalarini hal etishga kompleks 
yondoshishni talab qiladi.
Tarbiyaga kompleks yondoshish - tarbiyaviy ta’sirning barcha shakllarini shunchaki 
umumlashtirish emas, balki har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish vazifalarini yaxlit 
hal etish prinsipidir.
Maxsus faoliyat sifatida tarbiya favqulotda va stixiyali ta’sirlardan muayyan dasturga, ongli 
maqsadga ega bo‘lganligi, ta’sirning maxsus ishlangan va asoslangan vositalari, shakllari va 
usullarini qo‘llanish bilan farq qiladi.
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yosh ishchida qanday fazilatlar tarbiyalanishi, uning shaxsining 
mazmuni aniq qanday bo‘lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib chiqadi. Mana shu fazilatlarni 
aniq belgilash tarbiyaning asosiy, eng muhim maqsadlarini belgilash demakdir. Ilmiy-metodik 
adabiyotni va o‘qituvchilar tarbiyaviy ishida vujudga kelgan tajribani umumlashtirib, ishlab 
chiqarish ta’limi va ishlab chiqarish tajribasi jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan asosiy 
fazilatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi. 
g‘oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari; 
mehnatga hayotiy zarurat, jamiyatda o‘zini qaror toptirishning asosiy usuli sifatida munosabatda 
bo‘lish; 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash uchun kurashda o‘z muayyan 
o‘rnini topadi; 
ishni yaxshiroq, tezroq, puxtaroq, tejamliroq, bajarishga intilish va uning yo‘llarini izlash davlat 
mulkiga munosabat tejamkorlik, egalik tuyg‘usi tashabbuskorlik; 
yuksak burch tuyg‘usi; o‘z ishi natijalari uchun mas’uliyat; 
axloqiy fazilatlar: 
ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi; 
jamoatchilik, o‘zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik; 


104 
halollik, haqqoniylik, o‘ziga talabchanlik, vijdonlilik, mas’uliyat, so‘zining ustidan chiqish, 
intizom, kamtarlik;
qo‘yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat’iyat va sobit qadamlik. 
Kasb-hunar kollej ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonini nazorat qilish o‘quv yurtining 
rahbariyati (O‘quv yurti direatori, direktorning ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini,guruh 
murabbiylari)
tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish pedagogik jamoaga rahbarlik qilishning 
ma’lum bir shakli hisoblanib, unda ta’lim-tarbiya ishini takomillashtirishga oid hujjatlarga 
asoslaniladi. 
Tarbiyaning samaradorligi tarbiyaviy ish usullarini to‘g‘ri tanlash va tadbiq etishga hal qiluvchi 
darajada bog‘liqdir. Pedogogikada tarbiya metodlari quyidagi guruppalarga ajratiladi: faoliyatni 
tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni 
rivojlantirish metodlari. KXK larda o‘quvchilarni tarbiyalash va tarbiya jarayonini nazorat qilishga 
bir qancha talablar qo‘yiladi 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling