Tajriba sinov ishlari quyidagi 4 ta asosiy bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich pedagogik tajriba-sinov dasturini ishlab chiqish. Bunda pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish maydonlari(reprezentativ), mezonlari va asosiy mazmuni ishlab chiqildi.
2-bosqich Pedagogik tajriba-sinov o‘taziladigan ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqotchilik bo‘yicha amaldagi DTS, ilmiy adabiyotlar va moddiy texnik bazaning holati o‘rganildi va tahlil qilindi.
3-bosqich Tajriba-sinov tadbirlari amalga oshirildi.
4-bosqich Tajriba-sinovdan o‘tkazilgan ilmiy-uslubiy ishlar savol-javob anketa varaqalarini to‘ldirish, yozma ish, test sinovlari ilmiy tahlil qilindi va olingan natijalarni matematik-statistika metodlari yordamida tahlil qilindi hamda xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlari asosan 2020 – 2022 yillarda olib borildi.
Pedagogik tajriba-sinov ishlariga 219 nafar talabalardan 109 nafari tajriba guruhiga, 110 nafari nazorat guruhiga jalb qilindi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqotchilik nazariy bilim va laboratoriya mujassamligida ilmiy jarayoni tashkil qilish bo‘yicha pedagogik tajriba mezonini aniqlashda quyidagi bilimlar tekshirildi va natijalar tahlil qilindi:
Ilmiy tadqiqotchilikning nazariy, ilmiy va laboratoriya integrativligi bo‘yicha talabalarning:
ilmiy kuzatish yoki tajriba jarayonini bayon qilish;
o‘tkazilgan tajriba jarayoni bo‘yicha hisobot yozish;
tajriba jarayonida asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajrata olish;
tajriba natijasida kutilgan va olingan natijalarni farqlay olish;
taklif qilingan faraz(gipoteza) mos tajribalarni o‘ylab topish;
ilmiy taldqiqot jarayon va ob’ektlarni modellashtirish;
fikriy tajriba to‘g’risida tushunchani bilish;
nazariyaning haqiqiyligi va nisbiyligini farqlay olishi;
hodisani o‘rganishni klassifikatsiyalash haqidagi bilimlarni tizimlashtirish;
real jarayonlarni ideallashtirish;
ilmiy farazni ilgari surish va uni asoslash;
fikriy tajribalarni o‘ylab topish va bayon qilish;
nazariy holatlarni tushuntirish va ularni isbotlashda matematik
modellashtirishdan foydalanish ko‘nikmalari tajribadan o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |