Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna


-rasm. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning metodik tuzilmasi


Download 4.04 Mb.
bet9/35
Sana11.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1675969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)

1-rasm. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning metodik tuzilmasi
“Iqtidorli talabalarning tadqiqotchilik salohiyatini o‘rganish, rivojlantirish va shakllantirish usullari” deb nomlangan uchunchi paragrafda Kreativ salohiyatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, ijodiy fikrlash va o‘rganish baholash ko‘nikmalari, ijodkor shaxslarning ayrim shaxsiy xususiyatlari, kreativlikni rag‘batlantirish, insonlarning tadqiqotchiligini rivojlantirish, insonlar ijodkorligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shartlar ilmiy asoslangan.Iqtidorli talabalar tadqiqotchilik salohiyatining tarkibiy qismlarini o‘rganish, shakllantirish va rivojlantirish uchun ko‘plab texnika va texnologiyalar mavjud bo‘lib, ular orasida “IMEN” (Genrix Altshuller muallifligidagi ixtirochilik masala echish nazariyasi) 40 texnikasi bilan ko‘pgina muammolarni hal qiladi. IMEN terminologiyasidagi har qanday murakkab muammo tizimli ziddiyatni o‘z ichiga oladi, uni bartaraf etish yoki chetlab o‘tish lozim bo‘ladi.
Shu bilan birga, bizning fikrimizcha, dissertatsiya tadqiqotimiz doirasida iqtidorli talabalarning tadqiqotchilik salohiyatini o‘rganish va rivojlantirish uchun oliy ta’lim faoliyatini xususiyatlari va ta’limni uzviylashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijodiy salohiyatni tashxislash, shakllantirish va rivojlantirishga imkon beruvchi maxsus vosita va dastur ishlab chiqish talab etiladi.
Dissertatsiya ikkinchi bobi “Iqtidorli talabalarni ilm-fan sohasidagi tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘lib, mazkur bobda oliy ta’lim tizimida ustoz-shogird tizimi asosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta’limni tashkil etish, ilmiy ijodkorlik texnologiyalaridan foydalanish, talabalar ijodkorlik bilan bog‘liq ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ochib berilgan.
Ikkinchi bobning birinchi paragrafi “Ustoz-shogird tizimi asosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta’limni tashkil etish” deb nomlangan bo‘lib, unda talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirishning kasbiy rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ta’kidlangan. Bunda tarbiyalash, o‘qitish, ta’lim, o‘qituvchining yordami, talabaga innovatsion faoliyatda hamrohlik qilish kabi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlangan.
Talabalarning innovatsion kompetentligi uning kasbiy kompetentligining bir qismi hisoblanadi. Talabalarning innovatsion kompetentligini shakllanishi – bu tabiiy xususiyatga ega va tashqi omillar ta’sirida amalga oshiriladi, oliy ta’lim tizimiga yangiliklarni maqsadli ravishda kiritish uchun talabaning shaxsiy, nazariy va amaliy tayyorgarligini takomillashtirish doimiy jarayon ekanligi isbotlangan.
Talabalarning innovatsion kompetentligini shakllantirish bo‘yicha yondashuvlarni ko‘rib chiqish quyidagi muammolarni ajratib olishga imkon berdi:
metodologik innovatsion kompetentligini shakllantirish asoslarini belgilash;
pedagogik innovatsion kompetentligini shakllantirish jarayonining maqsadlari va mazmunini rasmiylashtirish;
psixologik innovatsion faoliyatga motivatsion tayyorgarligi jarayonining xususiyatlarini yoritib berish;
faoliyat innovatsion kompetentligini shakllantirish jarayonini tashkil etish shakllari va vositalarini yaratish.(harakatlar, amallar)
Ushbu muammolarni hal qilish uchun talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini takomilliashtirish mezonlari aniqlandi.
Ikkinchi bobning ikkinchi paragrafi “Ilmiy ijodkorlik texnologiyalaridan foydalanish” deb nomlangan bo‘lib, unda ilmiy ijodkorlik texnologiyasini yaratish ustida olib borilgan ishlar, ixtirochilik vazifalarini echish nazariyasining o‘ziga xos tamoyillari qaralgan. Ilmiy ijodkorlik texnologiyasini yaratish ustida 1946 yildan etiboran ish boshlangan. Bu yangi texnologiya TRIZ (Теория речения изобретателских задач) deb nomlangan. TRIZ haqidagi birinchi malumot matbuotda 1956-yilda paydo bo‘la boshlagan. G.Altshuller 1958 yili TRIZni o‘rgatish bo‘yicha birinchi o‘quv seminarini o‘tkazgan. Bu metod ijodga moyillik inson o‘zini namoyon etishining yuqori faolligi, yangilikni yaratish qobiliyati, inson faoliyatining har qanday ko‘rinishida o‘ziga xos ahamiyatga ega.
TRIZga asoslangan pedagogik texnologiyalarning maqsadi ijodiy metodlarni o‘rgatishdir.
Qo‘llashdan maqsad:
- g‘oyalarni qidirish,
- ko‘plab ijodiy muammolarni aniqlash va hal qilish;
- istiqbolli echimlarni tanlash,
- ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
- ijodiy shaxsni shakllantirish.
TRIZ texnologiyasi ushbu maqsadlarga javob topishga yordam beradi.
TRIZdan foydalanadigan darslarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish amaliy harakatlarda ko‘rinadi.
Ijodkorlik o‘zini namoyon qilish, yaratish, yangisini olishga intilish imkoniyatini beradi, bilimga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantiradi.
TRIZ texnologiyasi (ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi) bolalar bilan turli xil faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi: frontal, individual, guruhlar o‘qituvchining rahbarligi ostida barcha o‘quvchilarining birgalikdagi harakatlarini o‘z ichiga oladi.
Kreativ fikrlash-bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) echimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy echim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha, bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turadi deb qarashimiz kerak.
TRIZ texnologiyasida "Sinov va xato metodi", "Brainstopming" kabi munozara shakllariga alohida e’tibor qaratiladi, chunki bu tushunchalar ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasiga yaqinlashtiradi.
Bu texnologiyada axborot manbalari bilan ishlash, ma’lumot manbalari va mustaqil ishlashning bir qator metodlari qo‘llaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: eslatma olish, matnning rejasini tuzish, iqtibos qilish (chiqish ma’lumotlari), izoh (mazmunining qisqartirilgan mazmuni), ko‘rib chiqish (o‘qigan narsangizga munosabatingizni bildirgan holda qisqa sharh yozish), rasmiy mantiqiy model - o‘qiganingizning og‘zaki-sxematik tasvirini tuzish, tematik to‘plam tezislar (bo‘lim, mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarning tartibga solingan to‘plami), g‘oyalar matritsasini tuzish (bir xil ob’ektlarning qiyosiy tavsifi, turli mualliflar asaridagi hodisalar), ma’lumotnoma (izlanishlardan so‘ng olingan narsalar to‘g‘risida ma’lumot) va boshqalar.




Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling