Guliston davlat universiteti kurbanova gullola baxramovna


Tadqiqot natijalarining aprabatsiyasi


Download 4.04 Mb.
bet8/35
Sana11.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1675969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
АВТОРЕФЕРАТ КУРБАНОВА 27,03,2023 (8)

Tadqiqot natijalarining aprabatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari, 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilingan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ish jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, shundan 3 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda 2 ta xorijiy ilmiy-amaliy anjumanda maqolalar chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, dissertatsiyaning hajmi 137 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’ekt va predmetlari tavsiflangan. O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, ilmiy yangiligi bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish texnologiyalarining nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida oliy ta’lim muassasalari (texnologik ta’lim yo‘nalishi) iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish texnologiyalarining nazariy metodologik asoslari, kreativlik ilmiy tadqiqotchilik salohiyatining tarkibiy qismlari, aspektida iqtidorli talabalarning kasbiy faoliyatiga tayyorlashning xususiyatlari, iqtidorli talabalarni tadqiqotchilik salohiyatini o‘rganish, shakllantirish va rivojlantirish ususllari, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida ko‘rib chiqilayotgan muammoning asosiy jihatlari, uni echish choralari ochib berilgan, tadqiqot traektoriyasi aniqlashtirilgan, talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish jihatlari va didaktik shartlari asoslab berilgan.
“Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish texnologiyalarining nazariy metodologik asoslari” deb nomlangan birinchi paragrafda tadqiqot uchun asos bo‘luvchi "kreativlik" va «kreativ faoliyat», ijod turlari ijodiy faoliyat xususiyatlari, ijodning yo‘nalishlari, intellektual qobiliyat kabi tushunchalarga bo‘lgan turlicha qarashlar ko‘rib chiqilgan.
Yu. M. Asadov fikriga ko‘ra, kreativ salohiyatning eng qimmatli xususiyati uning innovatsiyalar sohasidagi yuksak rolidir.
R. B. Abdurahmanova va boshqalar. kreativ salohiyatni kasbiy yoki ijodiy faoliyat doirasida o‘zaro bog‘langan va shaxsning tashqi muhitdan kelayotgan bilimlari va axborotlari asosida yangi g‘oya va tushunchalarni ishlab chiqish qobiliyati bilan tavsiflanadigan aqliy va kreativ vositalar majmuasi sifatida tushunadi. Shu bilan birga, "kreativ salohiyat" atamasining mohiyatini belgilab, ilmiy adabiyotlarda "kreativ" tushunchasi "ijod" tushunchasi bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaymiz. Ikkala tushuncha ham bir-biriga mos keladi va ko‘pincha sinonim sifatida ishlatiladi. Bunga sabab "kreativ" atamasining kelib chiqishidir (lotinchada Creatio-yaratish, ingliz tilida Creativity-ijodiy salohiyat, ijodiy qobiliyat). Ko‘rib turganimizdek, termin talqinida ijod unsuri mavjud. Shuning uchun ham "ijod" tushunchasi talqin qilinishidan oldin uning tarkibiy qismlari "ijod" tushunchasining tarkibiy qismlari sifatida o‘rganilgan. O‘z navbatida ijod muammolari uzoq vaqt davomida o‘qituvchilar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
D.Bogoyavlenskaya tadqiqotida ijodkorlik tadqiqotining birligi "intellektual tashabbus" ni ko‘rib chiqishni taklif qiladi va muallifning fikriga ko‘ra, ijodiy faoliyatning barcha turlari "intellektual faoliyat" kabi shaxsning qobiliyati bilan birlashtirilgan. P.Torrans ijodiy xslarning bunday umumiy xususiyatini rivojlanish, doimiy o‘sish zarurati sifatida aniqladi.
Biz ijodkorlik tushunchasiga quyidagicha mualliflik yondashuvi asosida ta’rif berdik: ijodkorlik oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u o‘quv jarayoni va iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning moddiy-texnik salohiyatini tizimli yangilab borishning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi va universitet samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.
“Kreativlik ilmiy tadqiqotchilik salohiyatining tarkibiy qismlari, aspektida iqtidorli talabalarning kasbiy faoliyatiga tayyorlashning xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi paragrafda iqtidorli talabalarning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini kreativ salohiyatning tarkibiy qismlari aspektida tahlil qilish iqtidorli talabalar kreativ salohiyatining quyidagi tarkibiy qismlarini tahminiy ravishda aniqlash imkonini ko‘rib chiqildi.
V.N.Drujinin, N.V.Xazratov, J.Gilford., E.Torrans, E.Bono va boshqalarning asarlarini tahlil qilish asosida ijodkorlik va kreativlikning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan shaxs xususiyatlariga ta’sir etadigan yigirma sakkizta shaxsiy omillarini aniqlangan:
divergent fikrlash; fikrlash o‘ziga hosligi; semantik moslashuvchanlik; muammoni aniqlash va bayon qilish qobiliyati; ko‘p sonli g‘oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati; tahlil qilish qobiliyati; stereotiplarni bartaraf etish qobiliyati; ko‘p narsalarni assotsiativ usuli orqali topish qobiliyati; intellektual qiziqish; mukammallik istagi; xavfga qaramay vazifani bajarish qobiliyati; motivatsiya;tasviriy xotira; his-tuyg‘u qobiliyati; xulq–atvorning to‘satdan harakat qilish qobiliyati; maqsadga kuchli intilish qobiliyati; disgarmoniyani ko‘tarish qobiliyati; o‘ziga ishonch; individualizm; diqqatlik; individualizm; xayol qobiliyati; sezgi qobiliyati; fantaziya ishlatish qobiliyati; yangiliklarni idrok etish va qo‘llashga ijobiy munosabatni shakllantirish qobiliyati; hukmning mustaqilligi; intellektual va hissiy sezgirlik; hodisa va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko‘ra olish qobiliyati. Shunday qilib, iqtidorli talabalarning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini kreativ salohiyatning tarkibiy qismlari aspektida tahlil qilish iqtidorli talabalar kreativ salohiyatining quyidagi tarkibiy qismlarini tahminiy ravishda aniqlash imkonini beradi:
motivatsion; muammoga sezgir; axborotli; fikriy; o‘z-o‘zini har tomonlama ta’minlay oladigan; kommunikativ; altruistik; analitik; konstruktiv; innovatsion.
Bunday yondashuv pedagogik jarayonning xususiyatlarini hisobga olish va ta’lim tizimining bugungi kun bilan aloqasini aniqlash imkonini beradi. Atrof omillar shaxsga, uning ijodiy va kognitiv rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va shuning uchun mahsulotning o‘ziga, uni amalga oshirish vositasi va imkoniyatlariga ham ta’sir etadi. O‘z navbatida, kreativlikni namoyon etish jarayoni muammoning ham, shaxsning ham o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lib, bu mahsulotning shaxs intilayotgan xususiyatlarini belgilab beradi.




Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling