Tadqiqotning Respublika fan-texnikalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini shakllantirish bo‘yicha A.A.Abduqodirov, R.B.Abduraxmanova, B.S.Abdullaeva, B.X.Raximov, I.T.Choriev, Y.G‘.Mahmudov, X.J.Xudoyqulov, D.I.Ro‘zieva, Yu.M.Asadov, A.R.Aripjanova, U.Sh.Begimkulov, R.X.Djuraev, R.G.Isyanov, B.Qurbanov, N.A.Muslimov, D.Mamatov, U.K.Tolipov, Sh.S.Sharipovlar tadqiqot ishlarini olib borishgan.
MDH olimlaridan: N.Anoxina, V.Bespalko, D.Bogoyavlyanskaya, E.Varlamova, I.Voloshuk, S.Godnik, A.Dunaeva, I.Zyazyun, A.Zakirov, I.Isaev, N.Kichuk, M.Kaplonova, N.Nikolaenko, S.Stepanov, S.So‘soeva, N.Nikolaenko, I.Borzenkova, M.Kashanov, V.Klimenko, M.Merovich, E.Nikoleva, Ya.Ponomarev, A.Raximova, V.Romenetslar talabalarni ilmiy izlanishiga yo‘naltirishni tadqiq etishgan.
Xorijiy davlatlar olimlaridan esa ijodkorlik va kreativ qobiliyatlarni tadqiq qilish bo‘yicha T.Amabail, A.Rou, F.Barron, E. De Bono, R. Vaysberg, Dj.Gilford, G.Demos, E.Torrans, K.Rodjers, Ch.Lendri, E.From, A.Maslou, R.Stenberg, T.Lyubard, K.Mushiru, S.Tordjmanlarning izlanishlar olib borishgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilga oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari, dissertatsiya bajarilgan oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasi. Dissertatsiya tadqiqoti Guliston davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasi bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishning g‘oya va tushunchalarini shakllantirish asosida takomillashtirish” nomli tadqiqot doirasida amalga oshirilgan. (2019-2022).
Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligini innovatsion yondashuv boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |