Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi


Download 361.83 Kb.
bet12/67
Sana16.01.2023
Hajmi361.83 Kb.
#1095702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

5. Ta’limning kо‘rgazmalilik prinsipi. Kо‘rgazmalilik prinsipi – ta’lim jarayonida juda keng qо‘llaniladi.
О‘qitishning kо‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu – kо‘rgazmali qurollarga tayanish, о‘quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir.
Maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi.
Ko‘rgazmalilik prinsipi o‘qituvchiga quyidagi talablarni qo‘yadi.
O‘quvchi materialini o‘rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunishi kerak.
Hissiy obrazlardan mashg‘ulotda o‘quvchilar rivojlanishining mustaqil sifati jihatida foydalanish hususiyatini aniqlash lozim.
Mashg‘ulotda hissiy bilimlar qaysi bir ko‘rgazmali qurollar yoki texnikaviy vositalar yordamida shakllanishini hal qilishi kerak.
O‘quvchining bilish faoliyatida tabiatdagi majud narsalarni, hodisalarni tasavvur qilish qobiliyatiga erishish kerak.
O‘quv materiali narsalarni, hodisalarni umumlashgan tarzda tasavvur etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish lozim.
Bolalar shakllar, ranglar, his qilish orqali fikrlaydi, shuning uchun ko‘rgazmali ta’lim ular uchun muhimdir.
Ta’limda hech qachon faqatgina ko‘rgazmalilikka suyanib qolmang u faqatgina o‘kuvchilarda fikrlashni o‘stirishga yordam beradigan vositadir.
Ko‘rgazmalilikdan faqat ko‘rsatish uchun emas, balki o‘kuvchilarni mustaqil bilim olishlarida ularni tadqiqot- izlanish ishlarini tashkil etishga o‘rgatishda ham foydalaniladi.
Ta’lim va tarbiya berishda shuni yodda tutinki, ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan predmet va hodisalar to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlarni hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Ko‘rgazmalilikda doimiy ravishda ketma-ketlikka rioya qiling.
Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llaganda bolalar bilan uni bir butunligiga, keyin esa asosiy va ikkinchi darajali tomonlarini ko‘rish kerak.
O‘quvchilar bilan birgalikda ko‘rgazmali qurol tayyorlashga harakat qiling.
Hech qachon o‘zangiz yaxshi bilmaydigan narsalarni ko‘rsatmang, ko‘rgazmali qurollarni puxta qilib ishlang.
Zamonaviy ko‘rgazmali qurollardan o‘quv ko‘rsatuvlari, videotasmalar, slaydlar, ta’limning texnik vositalaridan va ulardan foydalanish metodikasini bilish kerak.
Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash orqali bolalarda diqqatni, kuzatuvchanlikni fikrlash madaniyatini, bilimlarni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishni tarbiyalash mumkin.
Kо‘rgazmalilik kuchli ta’sir etuvchi vositadir, shuning uchun undan tо‘g‘ri foydalanish zarur, agar undan notо‘g‘ri foydalanilsa о‘quvchilarni asosiy vazifadan fikrlarini tarqatib yuborishi mumkin.

Download 361.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling