Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi
Download 361.83 Kb.
|
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Bilish faolligining darajalari
6. Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta’lim jarayonida asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini о‘z ichiga oladi:
о‘quvchilar tomonidan о‘quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi; о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lish; - bilish faoliyatining shakllanishi. 1. О‘rganiladigan bilimlar va muammoli vaziyatlarning о‘rtaga qо‘yilishidan boshlab, о‘quvchilarning materialni ongli ravishda tushinishi boshlanadi. Ayrim paytda о‘quvchilar ta’lim mazmunini ongli ravishda о‘zlashtira olmaydilar. Sababi ular о‘kuv vazifasini hal etish lozim bо‘lgan muammoli vaziyat deb qabul qilmaydilar, ya’ni, ular vazifani atroflicha о‘ylab kо‘rmadilar, faqat о‘qituvchining aytgani bо‘yicha nima qilish kerakligini yodlab olishadi. Vazifani tо‘liq tushunib yetgachgina yechimini qidirib topish imkonini beradigan asosiy ma’lumotlarni aniqlab olish kerak. О‘quvchilar yangi mazmunga tegishli bо‘lgan bilimlarni, maxorat va kо‘nikmalarni esga olishadi, sо‘ngra yangi materialni о‘zlashtirishga kirishadi. 2.Bilish faolligining darajalari Ayrim hollarda о‘quvchilar yangi bilimga tegishli о‘tilgan temani qaytarmay, ongsiz ravishda yangi materiallarning yengil – yelpi о‘zlashtirishga harakat qiladi. Bu о‘zlashtirilgan yengil – yelpi bilimlar tez kunda о‘quvchilarning xotirasidan chiqib ketadi. О‘rganilgan qoidalarni bilish, ularni tushuntira olish, yangi bilimlar asosida masalalarni yecha bilish, mashqlarni bajara bilish, о‘rganilgan materiallarni mustaqil ravishda takrorlay olish; yangi temani о‘zlashtirish uchun boshqa о‘kuv fanlardagi bilimlardan foydalana bilish, о‘zlashtirilgan bilimlarni kundalik hayotda qо‘llay bilish va о‘z bilimlarini davriy ravishda chuqurlashtirish juda muhimdir. О‘quvchilarning bilim olishga ongli munosabatda bо‘lishi – bu о‘quvchining maktabga, о‘quv mashg‘ulotlariga, о‘rtoqlariga, о‘quvchi sifatida о‘ziga bо‘lgan munosabati tushuniladi. Ongli munosabatni shakllantirish avvolo о‘qitishning mazmuni va ta’lim berish metldlariga bog‘liq. Mashg‘ulot qiziqarli bо‘lsagina о‘kuvchi о‘qishga intilib turadi. Bu о‘rinda kо‘p narsa о‘kituvchiga, uning ish uslubiga, о‘quvchilarga bо‘lgan munosabatiga bog‘liq. Prinsipning uchinchi jihati о‘quvchi va talabalarning bilish faolligini oshirishdir. О‘quvchi bilish faolligining darajasi turlicha bо‘lishi mumkin: Eng yuksak daraja. О‘quvchi –talaba о‘rganish maqsadida mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsga faolligi, mehnatsevarligi va bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu о‘rinda о‘qituvchining vazifasi о‘kuvchitalabaga о‘kish vaqtini tо‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi, unga aqliy faoliyatini rivojlantirishni qulay usullarini о‘rgatishdan iboratdir. Yuksak daraja. О‘quvchi-talabalar materialni faollik bilan, lekin о‘qituvchining rahbarligida ostida о‘raniladilar. О‘qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishda, qa’tiyatli, irodali bо‘lishda yordamlashgan holda ular faoliyatini yо‘naltirib boradi. О‘rtacha daraja. О‘quvchi-talabalar ta’lim mazmunini о‘zlashtirib olishga intiladilar, lekin turli sabablarga kо‘ra diqqat e’tiborsiz bо‘lib qoladilar. О‘qituvchi bu sabablarni aniqlashtirib, sо‘ngra ta’sir kо‘rsatib faollikni oshiradi. Past daraja. О‘quvchi-talabalar ta’lim vazifasini anglaydilar, biroq ular о‘qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg‘ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. О‘qituvchi bunday о‘quvchilar uchun qо‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish lozim. Eng past daraja. О‘quvchi –talaba vazifasi о‘quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materialni zarurat bо‘lgani uchun о‘zlashtiradi, ichki g‘ayrat va omil tufayli emas, balki о‘kituvchi, ota-onalar, kata yoshdagilar majbur qilganliklari sababli. Odatda bunday о‘kuvchilar mehnati samarasiz bо‘ladi, ular alohida yondoshini talab qiladi. О‘qitishning ongliligi va faolligi prinsipi о‘qituvchining oldiga quyidagi talablarni qо‘yadi: Birinchidan. О‘quvchilarning ongli ravishda tushunishini, ongli munosabatini va bilish faolligi darajasini bildiradigan belgilarni bilish kerak. Ikkinchidan. Materialni ongli ravishda о‘zlashtirishga yordam beradigan aqliy harakatlarni, fikrlash jarayonlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish kerak. Uchinchidan. О‘qish sabablarini о‘rganish va о‘qish jarayonida о‘quv mashg‘ulotlariga, maktabga, о‘qituvchilarga, о‘rtoqlariga nisbatan ijobiy munosabat paydo bо‘lishiga samarali ta’sir kо‘rsatadigan omillarni nazarda tutish kerak. Tо‘rtinchidan. О‘quv mashg‘ulotlarini tayyorlash va о‘tkazish jarayonida bilish faolligini oshirish vositalari va usullarini maxsus planlashtirish diqqate’tiborini, ishga qobiliyatlilikni shakllantirish shart. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling