Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet24/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Muhokama uchun savollar:
6.1. Milliy til boyligiga tilning qaysi qatlamlari kiradi?
6.2. Nazmiy til – badiiy libos (til) deganda nimani tushundingiz?
6.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmda so’zning o’z (betaraf) va ko’chma ma’nosini talabalar bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.2.1. Nazmda so’zning ko’chma ma’no olish xususiyatini tasavvur eta oladi.
6.2.2. So’zning ko’chma ma’noda qo’llanishi poetik obrazga zamin ekanligini tushunadi.

6.2-asosiy savolning bayoni:


So’z o’zicha matndan xoli ravishda atamalik xususiyatga ega xolos. Matnsiz so’zning badiiy bo’yoqdorligi haqida fikr bo’lishi mumkin emas. So’zning badiiy bo’yoq olish usuli-ko’chim. So’z turli xil yo’l va usullar bilan ko’chma ma’no oladi. O’xshashlikka, shaklga, belgi – xususiyatga, mohiyatga qarab so’z ma’nosi ko’chadi. «Yuzing guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan» misrasidagi gul va ravza so’zlari matndan tashqari atamalik xususiyatga ega. Gul oddiy o’simlik, ravza ilohiy tushuncha – jannatni bildiradi. Har ikki matn zamirida ko’chim amalga oshgani uchun gul ma’shuqa yuzi, ravza oshiq ko’ngil ma’vosini anglatmoqda. Misolda gul o’xshashlikka, ravza mohiyatga ko’ra ko’chim bo’lib kelmoqda.
Qisqasi, so’zning ko’chimga aylanishi poetik obrazning shakllanishi va zuhur topishiga asosdir.
So’z boshqa so’zlar bilan aloqaga kirishib, yangi ma’no kasb etadi. Yoki badiiy jilo topadi. Masalan, «qaro ko’zum» birikmasida «qaro» rang, «ko’zum» inson andomi ma’nosini bildiradi. Ular birikib esa yor ma’nosini anglatadi.
So’z «surat» chizadi. So’z qalb manzaralarini kashf qiladi. So’z-soz, tovush (Belinskiy). She’rda so’z tasviriylik, ifodalilik, ta’sirdorlik va kechinma-tuyg’uni uyushtiradi.
Muhokama uchun savollar:
6.2.1. So’zning betaraf ma’nosini qanday tushundingiz?
6.2.2. So’z qanday usullar bilan ko’chma ma’noga aylanadi?


6.3–asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
So’z mantiqi va poetik mantiq tushunchasini talabalar idrokiga singdirish.

Identiv o’quv maqsadlari:


6.3.1. So’z mantiqi va poetik mantiqqa aniqlama bera oladi.
6.3.2. Poetik mantiq badiiy fikrlashning o’ziga xos shakli ekanini biladi?
6.3.3. Poetik mantiq bo’yicha misol ishlay oladi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling