Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Annotation on the course of “The poetics of the poem”
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
Annotation on the course of “The poetics of the poem”
Having got the independence, there was opened the possibility of study and analysis of the spiritual atmosphere of a person as an artistic history on the bases of study the belles-lettres for many years, and the poetry itself. The deep study of the eastern scientific trinity has been weakened for the last 70years. Especially, a scientific perception of word and stylistic poetry hadn’t been studied at all. The course of the poetics of the poem, as for as possible could be a practical answer in the process of poem teaching coming out from the present demand. This educational methodic complex is directed for the students of Uzbek philology departament. So’zboshi Mustaqillik bergan milliy g’oya, mafkura va milliy ma’naviyat badiiy adabiyotning o’qitilishini tubdan o’zgartirishni taqozo qilmoqda. Istiqlolgacha badiiy adabiyotni g’oyaviy-ijtimoiy yo’sinda o’rganish hokimlik qildi. Endilikda badiiy adabiyotni, jumladan, she’riyatni aslicha, ya’ni asrlardan beri hosil bo’lgan tajribalar asosida inson ruhiy olamining badiiy–nazmiy tarixi sifatida o’rganish va talqin qilish imkoniyatiga keng yo’l ochildi. She’riyatni o’rganishda sharqona ilmiy uchlikning ahamiyati mutlaqo susayib ketgan edi. Hatto she’r ta’limi bo’yicha biror yo’riqnoma, o’quv dasturi yaratilmadi. Qolaversa, ta’lim rejasidan o’rin ham olmadi. Vaholanki, ilmiy uchlik – ilmi sanoe’, ilmi aruz, ilmi qofiyasiz she’r ta’limi haqida so’z bo’lishi mumkin emas. Ayniqsa, ilmi badoe’siz nazmiyotning na badiiy kalomi, na poetik sintaksisi badiiy idrok qilinadi. «She’r poetikasi» kursi she’rni poetik jihatdan so’z san’ati hodisasi sifatida tahlil va talqin qilishni o’z oldiga maqsad hamda vazifa qilib qo’yadi. O’n asrlik o’zbek mumtoz va asrga teng zamonaviy o’zbek she’riyati adabiyot tarixi kursida imkon qadar o’tiladi, ammo u nazariy va amaliy jihatdan mustaqil kurs sifatida o’rganilmaydi. Mazkur kurs ana shu maqsadni amalga oshirish borasidagi dastlabki qadamdir. «Adabiyotshunoslik asoslari» kursida she’rshunoslikka oid olingan nazariy bilim «She’r poetikasi» kursida yanada chuqurlashtiriladi. Yangi mavzu va muammolar qo’shilib, poetika talabi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Xususan, talabalar she’r poetikasi va she’riy matnni nazariy-amaliy jihatdan o’rganish hamda talqin qilish malakasiga ega bo’ladilar. Badiiy adabiyotni nazariy idrok qilishning uch asosiy vazifasi: adabiy-badiiy ijod asoslari, adabiy jarayon qonuniyatlari, badiiy asar tahlili tamoyillari mavjudki, mazkur kurs uchinchisiga mansubdir. Metodik usullar badiiy asarning tabiatidan kelib chiqadi, «…har bir asar uning tabiatiga muvofiq o’qilishi va tahlil qilinishi lozim» (M.A.Ribnikova). Ana shu fikrdan kelib chiqib, badiiy ifoda shakli she’r ham o’z tabiatiga ko’ra o’rganiladi va tahlil qilinadi. Qo’lingizdagi o’quv-uslubiy qo’llanma mavjud dastur asosida tayyorlanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga suyangan holda unda ishchi dastur, reyting ishlanmasi, baholash mezoni, dars va identiv o’quv maqsadlari, mavzu bo’yicha tayanch tushuncha va iboralar, o’rganilishi zarur bo’lgan muammolar, nazorat savollari, yakuniy xulosalar, talabalar mustaqil o’zlashtirishi lozim bo’lgan topshiriqlar, amaliy va seminar mashg’ulotlarini bajarish tartiblari (metodik ko’rsatma) hamda har bir mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar, nihoyat birlamchi va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati berilgan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling