Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Eslatma: Fan bo’yicha nazorat qilish jarayoniga qarab, JBga qo’shimchalar kiritish ham mumkin. II. OB bo’yicha


Download 0.79 Mb.
bet4/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Eslatma: Fan bo’yicha nazorat qilish jarayoniga qarab, JBga qo’shimchalar kiritish ham mumkin.
II. OB bo’yicha
Nazorat ishi ikki marta yozma ravishda o’tkazilib, variantlar to’rtta savoldan iborat holda tuziladi. Har bir savol 5 ballgacha baholanadi, maksimum 20 ball.
III. Yakuniy baholash bo’yicha
3.1.Yakuniy baholash yozma usulda o’tkazilsa, 3 ta savolga javob berishi lozim bo’ladi. Har bir savol 5,0 ballgacha baholanadi. Agar talaba savollariga to’liq misollar bilan tushuntirib, javob bersa, 4,4-5,0 ballgacha, javoblar qisman, mazmuni ochib berilgan, misollar keltirilmagan bo’lsa, 3,6-4,3 ballgacha, faqat asosiy mazmun keltirilgan bo’lsa, 2,8-3,5 ballgacha baholanadi.
3.2.Yakuniy baholash og’zaki usulda o’tkazilgan taqdirda 3 ta savolga og’zaki javob so’raladi (3x5q15). Savol mohiyatini ochib berish uchun o’qituvchi tomonidan qo’shimcha savollar berilishi ham mumkin.
3.3. Yakuniy baholash test usulidan foydalanilgan holda o’tkazilsa, test variantlari tarkibida 30 ta savol bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Har bir test savol 0,5 balldan baholanadi.
Yakuniy baholashda uchala nazorat usuli qo’llanilgan holda o’tkazilishi mumkin.
1-mavzu: «She’r poetikasi» kursining maqsad va vazifasi (Kirish)
Asosiy savollar:
1.1. Kursning predmeti.
1.2. Kursning bahs yuritadigan mundarijasi.
1.3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Kursning predmeti, she’r poetikasi, kursning mundarijasi, boshqa fanlar bilan aloqasi.


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Talabalarga «She’r poetikasi» maxsus kursning o’rganish predmeti va mundarijasi haqida tushuncha hosil qildiriladi.




Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Kursning predmetini tavsiflaydi.
1.2. Kursning maqsadini tushunadi.
1.3. Kursning vazifasini biladi.


1.1-asosiy savolning bayoni:
Filolog mutaxassislarni tayyorlash – o’zbek adabiyotining bugungi holatini, ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tavsiflab beruvchi maxsus fanning mazmun-mundarijasi bilan uzviy bog’liq. Ayni vaqtda «She’r poetikasi» kursining maqsad va vazifasi istiqlol davri o’zbek adabiyoti dasturi bilan muvofiqlashtirilgandir.
Kursning predmeti she’rni go’zallik olami – sanoyi nafisa nuqtai nazaridan o’rganishdir.
Kursning maqsadi nazmiy asarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan so’z san’ati hodisasi sifatida shakllantiruvchi va uyushtiruvchi poetik vosita hamda unsurlarni o’rganishdan iborat.
Nazmiy mazmun bilan nazmiy-musiqiy ohangning uyg’unligini ta’minlovchi nazmiy nutq, ritm, balog’at va fasohat, umuman, she’r poetikasi, she’r san’atlari va boshqa poetik usul hamda hodisalar tavsiflanadi va talqin qilinadi. Bu kursning vazifasini tashkil qiladi.
Mafkuramizning bosh g’oyasi – ozod va obod Vatan hamda farovon hayot barpo etishdir. Bunday hayotni barkamol inson va uning sog’lom avlodi quradi. Barkamollik jismoniy va ma’naviy olamdan iborat. Ma’naviy olamning shakllanishi, takomilida san’at turlaridan biri – adabiyotning o’rni beqiyosdir. Adabiyotni tushunmoq, idrok qilmoq, qalbga tuymoq uchun uning qonun-qoidalaridan ham xabardor bo’lmoq ehtiyoji o’z-o’zidan kelib chiqadi. Shu jumladan, adabiyotning uzviy qismini tashkil qiladigan she’riyat siru asrorlaridan ogoh bo’lish uchun “She’r poetikasi” birinchi dastur va qo’llanmalik vazifasini o’taydi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling