Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


-savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet14/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

3.1.-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmiy nutqning o’ziga xos belgi va turlarini talabalar tushunchasiga singdirish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Nazmiy nutqni boshqa badiiy nutq ko’rinishidan farqlay oladi.
2. Nazmiy nutqning tasnifini keltiradi.
3. Nazmiy nutqni uyushtiruvchi unsurlarni idrok qiladi.
3.1-asosiy savolning bayoni:
Nazmiy nutq badiiy nutqning bir ko’rinishidir. Badiiy nutq sayqallangan nutq. Poetik nutqga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, Jomiy: «She’r (poetik nutq) muqaddimoti xayol, ya’ni tinglovchi xayolini qo’zg’atuvchi va ma’nosi unga iqbol beruvchidir», degan.
Poetik nutq shakliga ko’ra og’zaki (tovush) va yozmaga (harfiy) bo’linadi. Aslida yozma nutq ilmiy, rasmiy, publitsistik, badiiy nutqga tasniflanadi. Poetik nutq badiiy nutqga mansub. Poetik nutq –monolog va diolog ko’rinishga ega.
Ilmiy nutq – o’ziga xos xususiyatlarga ega. Boshqacha aytganda, fan sohasiga oid nutq. U ilmiy mantiq va maxsus atamalarga asoslanadi.
Rasmiy nutq ba’zan idora nutqi ham deyiladi. Uning o’ziga xos jumla tuzilishlari va tayyor iboralari mavjud. A.Qahhorning «Nutq» hikoyasi buning yaqqol misolidir.
Publitsistik nutq – matbuot tili. Unda publitsistik va badiiy nutq qorishiq qo’llaniladi. Badiiy nutq ifodali va obrazli nutqdir. Unda jonli xalq tilining barcha unsurlari ishtirok etadi. Badiiy nutq obraz, xarakter va tip yaratish nutqi. U sayqallangan nutq.

Muhokama uchun savollar:


3.1. Nazmiy nutq sayqallangan nutq ekanligini tavsiflang.
3.2. Poetik nutqni shaklga ko’ra tasniflang.


3.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Boshqa nutqlardan poetik nutqning o’ziga xosligi haqida talabalarda tasavvur va tushuncha hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Poetik nutqning o’lchovli nutq ekanini tushuna oladi.
3.2. Poetik nutqning musiqiylik jihatini ocha biladi.
3.3. Poetik nutqdagi so’z takrorini misollar vositasida asoslaydi.
3.2-asosiy savolning bayoni:
Nasriy nutq - sochma, poetik nutq -o’lchovli nutq. O’lchovli bo’lishi bo’g’in, turoq, vazn va ritm bilan bog’liq. Bundan tashqari misralar oxiridagi ohangdoshlik ham poetik nutqga alohida jarang beradi. Poetik nutqda bir xil so’zning qaytalanishi qonuniy holdir. Nasrda esa bu hol g’ayri qonuniydir.
Ul sarvning soyasinda so’ldi gul netmak kerak,

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling