Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Sarvdin tobut yasab guldin kafan etmak kerak


Download 0.79 Mb.
bet15/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Sarvdin tobut yasab guldin kafan etmak kerak.
Baytda gul, sarv so’zlari qaytalangan. Sarv so’zidagi «s» tovushi soyasi so’zidagi «s» tovushi bilan tavzi’ san’atini tashkil qilib, ajoyib xushohanglikni paydo qilgan.
Poetik nutqning «joni» ritmdir. Ritmni turoq, vazn, qofiya yuzaga keltiradi. Turoq bo’g’indan tashkil topadi. Turoq, deb bo’g’inlarning muayyan guruhiga aytiladi. Vazn esa turoqlarning guruhlanib kelishidir.
Qofiya misra oxiridagi so’z yoki so’zlarning ohangdosh bo’lib kelishiga asoslanadi. Ohangdosh so’zlar misraning boshida yoki oxirida ham kelishi mumkin. Hatto misra tarkibidagi so’zlarda ham tovushlar takrori kelishi mumkin. Bular birgalikda she’r ritmini uyushtiradi. Ritm esa she’r jarangdorligi va ifodaliligini yuzaga keltiradi.

Muhokama uchun savollar:


3.1. Nasriy va nazmiy nutqga misol keltirib, ularni qiyoslang.
3.2. Poetik nutqning o’lchovli nutq xususiyatini ochib bering.


3.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Nazmiy nutqni uyushtiruvchi to’rt unsur haqidagi tushunchani talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Birinchi unsur-so’zning atamalik va obrazlilik xususiyatini tushuntira oladi.
3.2. So’zning ma’no ko’chish xususiyatini misollar vositasida ocha biladi.
3.3. Nazmiy nutqni uyushtiruvchi uchinchi unsurni ayta oladi.
3.3-savolning bayoni:
Poetik nutqni asosan to’rtta unsur uyushtiradi: birinchidan, so’z. So’z – dinotativ, semantik va konnotativ ma’nolariga ega. Uning shakli: KqDQS. Gul so’zi o’simlikni anglatadi, ya’ni dinotativ ma’no. Unga -i qo’shimchasini qo’shsak – guli, ya’ni semantik ma’no paydo bo’ladi. Ikkinchidan - balog’at, ya’ni ko’chim va uning turlari, fasohat (ekspressiv-stilistik) ko’rinishlari. Uchinchi unsur ritm (ohang) hisoblanishi. Ritmni uyushtiruvchi unsurlar: vazn, turoq, bo’g’in, qofiya (turlari), radif (turlari), hojib, anafora, epifora, turli xil tovush qaytariqlari (alliteratsiya).
Ko’chim sodda va murakkabga bo’linadi. Sodda ko’chimga sifatlash, o’xshatish, murakkab ko’chimga istiora, metonimiya, sinekdoxa, tashxis (jonlantirish), jim qolish, ellipsis kiradi.
Ritm o’zicha ma’no anglatmaydi. U tinglanadi va his qilinadi. Boshqa poetik unsurlar uyg’unligida ma’no kasb etadi. To’rtinchi unsur – poetik sintaksis, ya’ni she’rda gap qurilishi ham muhim o’rin tutadi. Misra va baytlarda gap qurilishi, gapda so’zlarning joylashishi, qaytarlishi, o’rin almashib qaytariq (turlari), ta’dil, aks san’ati, muvozina, tarse’ va h.o. Masalan, nasrda so’zning qaytalanishi noqis hisoblanadi, ammo poeziyada esa san’at sanaladi. Birgina takror ritm uyg’unligi uchun alohida xizmat qiladi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling