Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet27/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Muhokama uchun savollar:
7.1. Uslubiy vositalarni tavsiflang.
7.2. Sodda ko’chimni tavsiflang va uning tashbeh turini izohlang.
7.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarning murakkab ko’chim va uning turlari bo’yicha mavjud bilimlarini chuqurlashtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
7.3.1. Murakkab ko’chimlarni tasniflaydi.
7.3.2. Murakkab ko’chim turi – istiorani misol asosida sharhlay biladi.
7.3.3. Murakkab ko’chimning turi – tashxisni boshqa ko’chimlardan farqlay oladi.
7.3- asosiy savolning bayoni:
Sodda ko’chimlarda o’xshatishning deyarli barcha unsurlari ishtirok etadi. U belgi va o’xshashlikka asoslanadi. Murakkab ko’chimda uning bir yoki ikki unsuri mantiqan tushib qoladi. Boshqacha aytganda, birining nomi o’rniga ikkinchisini keltirish yoki birining qismi o’rniga butunni, butun orqali qismni anglatish murakkab ko’chimni yuzaga keltiradi.
Murakkab ko’chimning istiora turi ikki narsa-hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi, ammo uning biri tushib qoladi. Aristotelning aytishicha, topishmoq mo’’jaz istioradir. Masalan: ko’k ko’ylakka g’o’za yoydim topishmog’i quyidagicha tashbehi mutlaqdan paydo bo’lgan: osmon singari ko’ylakka yulduz kabi g’o’za yoydim. Shundan o’xshagan narsalar osmon va yulduz tushib qolib, istiora yuzaga kelgan.
Tashxis (jonlantirish) jonsiz narsaga inson xususiyatini berish san’atidir. Uning intoq turi tasvirga alohida joziba bag’ishlaydi:
Yoshligim, kel, qayta to’lgan
Qalbim oltin sozi bo’l,
Men qo’shiq aytay to’lib
Bir lahza jo’r ovozi bo’l (E.Vohidov).
Metonimiya (yunoncha boshqa nom bilan aytaman ma’nosida) ikki narsa–hodisa o’rtasidagi uzoq-yaqinlikka asoslanib, birining nomini ikkinchisi bilan atash san’atidir.
Sinekdoxa qism bilan butunni, butun bilan qismni ifodalash san’atidir.
Men buyuk yurt o’g’lidurman,
Men bashar farzandiman (E.Vohidov).
Shuningdek, kinoya, antifraza, perifraza (tanosib), ramz (belgi)lar ham murakkab ko’chimlar sarasiga kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling