Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet35/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Ishni bajarish tartibi:
1. Nazmiy asar tahlili ko’rinishlarini tasniflash.
2. Tahlilning ilmiy va ta’limiy turlarini misollar vositasida sharhlash (misol erkin tanlanadi).
3. Nazmiy asar tahlili mezonlarini tasniflash.
4. Boburning «Qoldimu?» va Navoiyning «Soqiyo, men yutmag’on xunobu hijron qoldimu?» g’azali tatabbu’ jihatidan qiyoslanadi.
5. She’rning an’anaviy, nuktadonlik va zamonaviylik xususiyatlari tahlil qilinadi.
6. Lirik qahramon masalasi Bobur g’azallarining biri misolida o’rganiladi.
Adabiyotlar: 2 (422-459), 11 (191-210), 50 (113-125).
10-mavzu: She’r badiiyati
Asosiy savollar:
10.1. Poetik timsol va so’z san’atkorligi.
10.2. She’r timsoli va ritm uyg’unligi.
10.3. Nazmiy tafsil va poetik ohang.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Poetik obraz, nazmiy timsol, timsol va so’z san’atkorligi, timsol va ritm, tafsil va poetik ohang uyg’unligi.
Mavzuga oid muammolar:
10.1. Poetik timsol bilan poetik obrazning mushtarak va nomushtarak tomonlarini qanday tushundingiz?
10.2. Poetik timsol bilan poetik tafsilning ifodalilikdagi xizmati haqida sizning fikringiz?
10.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarga poetik timsol va tafsillarning poetik mahoratdagi o’rni haqida tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
10.1. Poetik timsolning so’z san’ati bilan bog’liqligini biladi.
10.2. Poetik timsol she’r ritmi bilan uyg’un bo’lishi haqida tushuncha hosil qiladi.
10.3. Poetik tafsil she’r mantiqi va ohangi bilan mos bo’lishini tasavvurlaydi.


10.1-asosiy savolning bayoni:
Bu mavzuda poetik asardagi nazmiy obraz, timsol, tafsil va nihoyat so’z san’atkorligi haqida fikr ketadi. Bir obraz tahlilga tortilsa, uning tarixi, badiiy «yuki», an’ana va nuktasanjlik masalalari o’rganiladi. She’r poetikasining bevosita vazifalaridan biri ham shu.
Ogahiyning «Ustina» g’azali uslubiy yo’nalishining xalqchilligi hamda she’r san’atlariga boyligi bilan ajralib turadi.
Jallod kipriklar ko’z ustida hay’atlangan. Boz ustiga yor qoshi sodning quyidagi nunga qiyos qilingan. Voqean ham sod harfining boshlanish qismi ko’zni, nun qismi esa qoshni eslatadi. Yana bir qiyos. Yor qomati shamshod ustiga gulni payvand qilib qo’ygandek. Zotan, yuz go’zalligi gulga, qomat tikligi shamshodga o’ta monand. Shu tartibda qolgan baytlar ham tahlil qilinadi.
Poetik asarni tasavvufiy jihatdan tahlil qilish kundan-kun dolzarblashmoqda. Bu ham poetika sirasidan mustahkam o’rin olmoqda.
She’riy asarni tahlil qilganda xalq maqol, ibora va kinoyalarini ham nazardan qochirmaslik lozim.
Hozirgi zamon she’rlari tahlil qilinganda undan mumtozlardan va xalq og’zaki ijodidan foydalanish kabi masalalar dastlabki rejada o’rganilishi shart. Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’rida «dunyo anglab bo’lmas sir», «tuynuksiz qasr» singari mumtoz poetik timsollar ayni vaqtda ritmik zarb vazifasini ham o’tab, she’r ohangini jarangdor qilgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling