Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- Ishni bajarish tartibi
10.3-asosiy savolning bayoni:
She’rda timsol-poetik obrazga tayanch. Tafsil - timsolga tagzamin. Tafsil – timsolga, timsol esa poetik obrazga tirgak. Har ikkisi birikib poetik obrazning muayyan qirrasini oydinlashtiradi. G’olib bahodirning nayzasi misol, Ma’yus egiladi terak uchlari. ----------------------------------------- Nima ham qilardim, ne ilojim bor, Bahor kunlarida kuzning havosi. Abdulla Oripovning baytidagi «bahodirning nayzasi», «terak uchlari» kabilar poetik tafsildir. Ayni paytda mazkur tafsillar timsollik vazifasini ham o’tamoqda. Tafsilu timsol lirik qahramonning «bahor kunlarida kuzning havosi» degan fikrini izohlab kelmoqda. Lirik qahramon o’z davri davronidan koyish topgan. Tafsil va timsol ana shu koyingan ruhning ifodasiga xizmat qilgan. She’r ritmi – sokin va hazin. Shu nuqtada ritm va tafsil uyg’unlashgan. Tafsil, timsol poetik obrazda mujassam bo’lishi ham mumkin: Alvido, deb qo’llarimga boylading bir tola soch, Oshiq ahli ichra kimni saylading, bir tola soch? Qoldi umrim domi ishqda, soch kabi holim zabun, Tole’imni tola-tola aylading, bir tola soch. Muhokama uchun savollar: 10.3.1. Poetik tafsilga aniqlama bering va misol keltiring? 10.3.2. Tafsil bilan timsolning poetik obrazga munosabatini aniqlang? Adabiyotlar: 2 (354-459), 11 (163-181), 50 (113-125). 8-amaliy mashg’ulot: She’r poetikasi tahlili Darsning maqsadi: Nazmiy timsol va tafsilning poetik obrazdagi xizmatini talabalarga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Poetik timsolni misollar vositasida idrok etadi. 2. Poetik timsol va tafsilning she’r ritmiga mosligini Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ri misolida tushuna oladi. 3. Nazmiy tafsilning she’r ohangiga uyg’unligini misollar vositasida anglaydi. Ishni bajarish tartibi: 1. Timsol – misol vositasida mustahkamlanadi. 2. Timsol va tafsilning mushtarak va nomushtarak tomonlari aniqlanadi. 3. Timsol va tafsillarning mutanosibligi A.Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ri misolida o’rganiladi. 4.Timsol va tafsilning ritmga uyg’unligini A.Oripovning «Bahor kunlarida kuzning havosi» she’ri misolida kuzatiladi. Adabiyotlar: 2 (354-459), 8 (301-312), 11 (163-181), 5 (113-125). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling