Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet40/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Muhokama uchun savollar:
11.2.1. Adabiyotshunos V.Ivanisenkoning lirik tarh haqidagi tasnifini keltiring.
11.2.2. Bir oniy his-tuyg’uga asoslangan she’r tarhini izohlang.


11.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarda lirik tarh unsurlari haqida tasavvur paydo qilish.
11.3-asosiy savolning bayoni:
She’r ritmi, bayt, qofiya, radif, anafora, epifora, hatto tovush qaytariqlari lirik tarhni uyushtirishda ayricha xizmat o’taydi. Bayt va band lirik tarhning etakchi unsurlaridir. Bayt misralar orasida naqorat bo’lib kelishi yoki boshlanma bayt yana xotima bayt bo’lib kelishi lirik tarh talabidir. H.Olimjonning «O’rik gullaganda» she’rining birinchi bayti so’nggi – xotima bayt bo’lib qaytalanishi aylanma kompozitsiya – tarh deyiladi. G’azaldagi shu holat–raddul matla’, deb yuritildiki, avvalgi fikr g’azalning so’nggi matla’sida takrorlanadi.
Lirik tarhda qofiyaning mavqei ayrichadir. V.M.Jirmunskiy: «Qofiyaning mohiyatli belgisi – uning kompozitsiya yaratish funktsiyasi» desa, L.I.Timofeev esa qofiyaning ko’proq she’riy bandlarni uyushtirishdagi rolini ta’kidlaydi.
Qisqasi, barcha milliy adabiyotshunos olimlar ham qofiyaning tarhni uyushtirish funktsiyasini e’tirof etganlar. Ichki qofiya va raddul qofiya bayt va band tarhini uyushtirishda alohida vazifa bajaradi.
Raddul qofiya misralar qofiyasining uchinchi yoki to’rtinchisi bo’lib qaytalanishidir. Qofiyaning qaytalanishi fikrning tadrijiy rivoji garovidir. Bunga buyuk Navoiy g’azallaridan ko’plab misollar keltirish mumkin.
Muhokama uchun savollar:
11.3.1. Larik tarh unsurlarini sanang.
11.3.2. Lirik tarhda bayt, band, anafora va epiforaning xizmatini ayting.
Adabiyotlar: 2 (459-519), 8 (250-257), 11 (222-228), 50 (75-95).


9-amaliy mashg’ulot: Lirik tarh
Darsning maqsadi: Talabalarning lirik tarh haqidagi tushunchalarini shakllantirish va mustahkamlash.
Identiv o’quv maqsadlari:
11.1. Voqeaband lirik tarhni misollar vositasida tushunadi.
11.2. Tuyg’u ifodalangan she’r tarhini ajrata biladi.
11.3. Qofiyaning lirik tarhdagi xizmatini anglaydi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling