Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet41/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Ishni bajarish tartibi:
1. Tarh atamasi tarixini izohlash.
2. L.Tolstoy va I.Sultonning tarhga bergan ta’riflarini keltirish.
3. Tarhni uyushtiruvchi unsurlarni sanash.
4. Lirik tarhni tasniflash.
5. Bir oniy his-tuyg’u va vaqeaband lirik tarhni H.Olimjon va Abdulla Oripov she’rlari misolida tahlil qilish.
6. Qofiya, xususan, raddul qofiyaning lirik tarhdagi o’rnini Navoiy g’azallari vositasida o’rganish.

Adabiyotlar: 2 (459-519), 8 (250-257), 11 (222-228).




12- mavzu: Kichik lirik janrlar poetikasi
Asosiy savollar:
12.1. Fard janri poetikasi.
12.2. Tuyuq janri poetikasi.
12.3. Ruboiy janri poetikasi.


Tayanch tushuncha va iboralar:
Kichik lirik janr, fard, tuyuq, ruboiy.
Mavzuga oid muammolar:
Fard yozilajak g’azalning matla’si deyiladi, bunga sizning fikringiz.
Ruboiy turkiy nazmdagi to’rtlikdan kelib chiqqan, degan qarashga munosabat bildiring.
12.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Kichik lirik janrlar poetikasi bo’yicha bilim berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
12.1. Fard janri haqida to’liq tasavvurga ega bo’ladi.
12.2. Tuyuq janri poetikasini anglay oladi.
12.3. Ruboiyning tarhini farqlaydi.


12.1-asosiy savolning bayoni:
Sharq she’riyatida kichik lirik janrlar nihoyatda ko’p. Birgina Navoiy o’n oltita lirik janrlardan foydalangan.
Mumtoz she’riyatda ikki misradan o’n misragacha bo’lgan she’rlar maxsus janrlarni tashkil qiladi va ular alohida nomlanadi. Shundan fard, tuyuq va ruboiy janrlari poetikasi bo’yicha to’xtalamiz.
Fard (arabcha-yakka, yolg’iz ma’nosida) bir baytdan iborat eng kichik mumtoz lirik janrdir. U tugal poetik ma’noga ega bo’lib, masnaviy shaklida qofiyalanadi. Har ikki misra bir- biriga mazmunan va tarh jihatdan nihoyatda mustahkam bog’langan bo’ladi. Uning uch turi mavjud: mufradot fard, tajnisli fard, oddiy fard.
Mufradot fardga:
Bu gulshan ichraki, yo’q baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.
Saodat so’zidan ot chiqsa, Sa’diy ismi kelib chiqadi.
Fard shoir mahoratini namoyish qiladigan eng mo’’jaz lirik janrdir. Ulug’ Navoiy bu janrda 86 fard yozgan.
Navoiy fard atamasi bilan birga bayt so’zini ham qo’llaydi. Fard – g’oyaviy-mavzuviy jihatdan didaktik va falsafiy yo’nalishga ega. Garchand, fard mustaqil janr bo’lsa-da, epik asarlar to’qimasiga kirib, qissadan hissa chiqarish vazifasini ham o’taydi. Fard zamonaviy she’riyatda ham uchraydi.
Muhokama uchun savollar:
12.1.1. Fard lirik janriga aniqlama bering.
12.1.2. Fard janrini tasniflang.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling