Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet36/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

Muhokama uchun savollar:
10.1.1. She’rning sof poetikasini qanday tushundingiz?
10.1.2. Ogahiyning «Ustina» g’azali timsollarini badiiy tahlil qiling.
10.2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarga she’riy timsol va ritmning mosligini anglatish.
Identiv o’quv maqsadlari:
10.2.1. Timsol ritmik zarbga mos bo’lishini anglab etadi.
10.2.2. Timsol ritmik ohangga uyg’un bo’lishini idrok etadi.

10.2-asosiy savolning bayoni:


She’rda timsol ritm va ritmik zarbga uyg’un bo’lishi kerak. Ritmik zarb timsolning qirralarini oydinlashtiradi.
Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan.
Misoldagi dunyo va tuynuksiz qasr timsoldir. Sir ekan, qasr ekan, asir ekan qofiya va radif bo’lish bilan birga ritmik zarb hamdir.
Birinchi muhabbatini yo’qotgan va chuqur hasratu nadomatga cho’mgan lirik qahramon tuyg’usi «dunyo anglab bo’lmas sir», «tuynuksiz qasr» singari poetik timsollar uyg’unligida aks etgan. Ayniqsa, ritmik zarblar lirik qahramonning armon va hasratli tuyg’usini yanada botiq ta’kidlash uchun xizmat qilgan. She’rda mumtoz timsollar (dunyo sir ekan, tuynuksiz qasr ekan) bilan ritmik ohangning muvozanati saqlangan. Natijada teran fikr she’riy kuychanlikda o’z ifodasini topgan:
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Muhokama uchun savollar:


10.2.1. Ritmik zarbning she’riy timsolni oydinlashtirishda qanday xizmati bor?
10.2.2. Lirik qahramonning surat va siyratini ochishda timsolning rolini tushuntiring.
10.3- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarga poetik tafsil va uning she’r ritmi bilan uyg’unligini singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
10.3.1. Poetik tafsilni idrok etadi.
10.3.2. Poetik tafsil bilan ritmning uyg’unligi haqida tushuncha hosil qiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling