Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet45/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

13.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarning tasavvurida parokanda va yakpora g’azallar tarhi haqida tushunchani shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
13.3.1. Yakpora g’azalning tarhini nazariy jihatdan sharhlaydi.
13.3.2. Parokanda g’azal tarhini yakporadan farqlay oladi.
13.3.3. Boburning «Qoldimu?» g’azalini lirik tarh jihatdan tahlil qiladi.
13.3-asosiy savolning bayoni:
Yakpora g’azalda matla’dan boshlangan mavzu maqta’gacha bir maromda davom etishi shart. Ya’ni unda bir muammo qo’yiladi va u hal qilinadi.
Xatting aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola.
Ikkinchi baytda yor pari va oyga qiyoslanadi; uchinchida - jabru jafo qilishi; to’rtinchida - oshiq hajrida ohu nola chekishi; beshinchida - har bir muktubi yuz sahifadan yuz risola yozishga Bobur tayyorligi haqida fikr ketadi. Ko’rinadiki, fikr bir mavzu atrofida zinama-zina rivojlanib borgan.
Porakanda g’azalning har bir baytida alohida mavzu va masala ko’tariladi. Ammo lirik tarhda noqislik va parokandalik deyarlik sezilmaydi. Boburning «Qoldimu?» g’azali bunga yaqqol misol.
Charxning men ko’rmagan javru jafosi qoldimu?
Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?
Yakpora g’azal nazariy jihatdan Navoiy tomonidan izohlandi. Uning eng mukammal namunasini ham u yaratdi. Ayonki, yakpora g’azal qolgan to’rt ko’rinishdagi g’azallarning tarh jihatdan eng mukammalidir.
Muhokama uchun savollar:
13.3.1. Yakpora g’azalning musalsal g’azaldan farqini ayting.
13.3.2. Parokanda g’azal tarhi bilan yakpora g’azal tarhini ajratib bering.

Adabiyotlar: 2 (480-483), 8 (255-257), 11 (191-296).




11- amaliy mashg’ulot: G’azal poetikasi
Darsning maqsadi: Bobur g’azallarining tarhini aniqlab, uni talabalarning amaliy bilimiga aylantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
11.1. Boburning «Xating aro…» g’azalining yakporalik xususiyatini aniqlay oladi.
11.2. Boburning «Qoldimu?» g’azalining parokanda tarhini ajratadi.
11.3.Boburning «Ne xush bo’lg’ayki,…» g’azalining voqeabandlik xususiyatini ilg’aydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling