Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet44/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

13.1-asosiy savolning bayoni:
G’azal – tuzilish jihatdan o’zining mustaqil unsurlariga ega. Matla’ bayt, maqta’ bayt va oraliq baytlarga bo’linishning o’zi g’azal qurilishi va tartibidan dalolat beradi. Bu Aristotelning tarh ibtido, intiho va oraliqdagi ibora degan fikrini eslatadi.
G’azal tarhi qadimdan adabiy nazariyaning manbai bo’lsa-da, keyingi davrlarda maxsus va tizimli o’rganila boshlandi. Mavjud ilmiy adabiyotlarda parokanda, yakpora, voqeaband g’azallar haqida fikr boradi. Ammo ular alohida mustaqil g’azallarmi yoki bir turdagi (tip) g’azallarning turli ko’rinishlarimi bu haqda aniq qarashlar yo’q edi.
G’azalshunos O.Nosirov ushbu masalaga qo’l urib, g’azal tarhini parokanda va voqeabandga tasniflaydi. Tasnif nihoyatda bir tomonlama. Olim voqeaband g’azal Lutfiydan boshlanib, Navoiyda kamolga etgan, degan qarashga moyillik bildiradiki, bu fikr ham bahstalab.
Adabiyotshunos N.Jumaxo’jaev voqeaband g’azal Rabg’uziy va Xorazmiydan boshlanganini isbotlab berdi.
Ulug’ Navoiy yakpora va porakanda g’azal turlarini birinchilardan bo’lib nazariy asosladi. To’g’ri, ulug’ shoir mazkur atamalarni qo’llagan emas (qarang: Alisher Navoiy, Xazoyinul ul-maoniy, 1-jild; -T., 1959, 769-770-betlar). Biroq yakpora g’azal Navoiy g’azaliyotining mo’’jizasidir.
Navoiyning yakpora g’azallarini o’z asrida Bobur, XX asrda esa Shayxzoda payqab, unga munosib baho berganlar.


Muhokama uchun savollar:
13.1.1. O’rta asr adab ilmida g’azal tarhi bo’yicha nazariy fikr bo’lganmi?
13.1.2. G’azal tarhi haqida Navoiy qanday fikr bildirgan?


13.2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
G’azalning tarhga ko’ra tasnifini talabalar bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
13.1. G’azal tasnifini tushuntira oladi.
13.2. Voqeaband g’azal tarhini parokanda g’azal tarhidan ajrata biladi.
13.3. Musajja’ va musalsal g’azallarning tarhini farqlaydi.
13.2-asosiy savolning bayoni:
Fanning isbotlashicha, tarh ham mazmun, ham shaklga daxldor. Ammo adabiyotshunos N.Jumaxo’jaev: «kompozitsiya shakl masalasi» (Munis g’azaliyoti, - T., 1991, 78-bet), deb qaraydi. Agar tarhga shu tariqa qaralsa, uning g’oyaviy-badiiyatdagi muhim xizmatini bir tomonlama baholagan bo’lamiz. Shunga qaramasdan N.Jumaxo’jaev g’azal tarhi borasida katta izlanishlar qilib, uning tasnifini quyidagicha belgilaydi: 1) parokanda; 2) yakpora; 3) voqeaband; 4) musalsal; 5) musajja’;
Shundan voqeaband g’azal tarhiga kelsak, unda poetik fikr uchun turtki bo’lgan voqea-hodisa haqida mulohaza ifodalanadi.
Ne xush bo’lg’ayki, bir uyquluq baxtimni uyg’otsam,
Kechalar tori mo’yidek beliga chirmashib yotsam.
Ikkinchi baytda oshiq yor labidan bo’sa olmoqchi bo’lishi; uchinchisida – Farhod va Majnunlarga ishq o’rgatishga sa’y-harakat qilishi; to’rtinchisida ko’ngil tutunining buruqsishi, beshinchisi-yor oyyu, quyoshga qiyos qilinishi borasida lirik naql ketadi.
Musalsal – tadrijli g’azalda fikr zinama-zina o’sib boradi.
Musajja’ g’azalda esa ichki qofiya misra so’nggidagi qofiya bilan tadrijli uyg’unlashadi. Natijada fikrda zich tadrijiylik zuhur topadi.
Adabiyotshunos O.Nosirov musajja’ g’azalni g’azal shakllarining biri, deb qaraydi. Holbuki, u g’azal tarhini belgilaydi.
Muhokama uchun savollar:
13.2.1. Tarhga ko’ra g’azal tasnifini keltiring.
13.2.2. Voqeaband g’azal talqinini Boburning «Ne xush bo’lg’aykim» g’azali misolida tahlil qiling.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling