Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10,11,12,13- mavzular bo’yicha nazorat savollari: 10-mavzu bo’yicha
- 11-mavzu bo’yicha
9-mavzu bo’yicha:
1. She’r tahlili turlarini sanab bering. 2. Ilmiy tahlilga misollar keltiring. 3. Ta’limiy tahlilni misollar orqali izohlang. 4. Ommaviy tahlil haqida tushuncha bering. 5. «Qoldimu?» (Bobur) g’azali misolida she’r tahlili mezonlarini tushuntiring. 6. «Qoldimu?» g’azalining falsafiy asosini sharhlang. 7. «Qoldimu» g’azalidagi poetik timsol va poetik tafsilning lirik qahramon qiyofasini ochishdagi mavqeini aniqlang. 8. Mazkur g’azaldagi an’ana va nuktadonlikni izohlang. 9. Lirik qahramon shakllari borasida tushuncha bering. 10. G’.G’ulomning «Sen etim emassan» she’rini ta’limiy tahlil qiling. 10,11,12,13- mavzular bo’yicha nazorat savollari: 10-mavzu bo’yicha: 1. Poetikaning predmeti va vazifasini ayting. 2. Ogahiyning «Ustina» ridifli g’azalining qo’shiq qilib aytilganini eshitganmisiz, u sizga qanday ta’sir qilgan? 3. «Ustina» g’azalidagi timsollarning poetik «yuki»ni sharhlang. 4. Shoir «sod» va «nun» harflarni nimalarga qiyoslagan? 5. «Gar ko’rmasang gul bo’lg’onin shamshod ustina» misrasini badiiy – estetik jihatdan izohlang. 6. «Gardun agar ming Besutun yog’dirsa Farhod ustina» misrasidan she’r san’atini kuzating va sharhlang. 7. «Ustina» g’azalidan an’anaviy timsollarni ajratib ko’rsating va uning yangiligini ayting. 8. Tasavvuf aks etgan bayt keltiring va uni sharhlang. 9. Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ridagi timsol va ritm uyg’unligini tushuntiring. 10. Abdulla Oripovning «Bahor kunlarida kuzning havosi» she’ridagi tafsil va she’r ohangdorligini aniqlang. 11-mavzu bo’yicha: 1. Izzat Sultonning tarhga bergan ta’rifini ayting. 2. Sharq adabiyotida qo’llanilgan «tarh» atamasining istilohiy ma’nosini izohlang. 3. L.Tolstoyning tarhga bergan aniqlamasini tushuntiring. 4. Belinskiyning tarhga oid fikrini misollar yordamida sharhlang. 5. Tarh unsurlarini sanang va misollar asosida tushuntiring. 6. Lirik tarh tasnifini keltiring. 7. Voqeaband she’r tarhini Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha» she’ri misolida izohlang. 8. Bir oniy his-tuyg’udan iborat she’r tarhi haqida nimalar bilasiz. 9. Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’rining tarhini bandma-band sharhlang. 10. Raddul matla’ning lirik tarhdagi vazifasini izohlang. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling