Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R
,7,8,9- mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10,11,12,13- mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar
6,7,8,9- mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar:
6. Balog’at (so’z)-she’rning asosi. She’rda so’z betaraf va ko’chma ma’noda qo’llaniladi. So’z quyidagi tarzda ko’chma ma’noga aylanadi: KqDQS. She’rda so’zning poetik ma’nosi kuchayib borib, maxsus nazmiy turg’un ifodalarning hosil bo’lishiga bois bo’ladi: qaro qoshing, junun vodiysi, ishq hajri, sevgi otashi va h.k. 7. She’rda maxsus uslubiy vositalar shakllanadi. Ular turg’unlashadi. Jumladan, sodda ko’chimlar – o’xshatish, sifatlash. Murakkab ko’chimlar – istiora, tashxis (jonlantirish), metonimiya, sinekdoxa, ramz, tanosib, kinoya va h.k. 8. Fasohat – gap qurilishi she’rda maxsus o’rin tutadi. Poetik sintaksis – misrada gap bo’laklarining o’rin almashib kelishi. Uning inversiya turi eng ko’p uchraydi. Gap urg’usi ritorik so’roq-istifhom san’atini yuzaga keltiradi. Istifhomdan esa savolu javob san’ati paydo bo’lgan. Nazmiy nutqda bog’lovchilarning ishtirok etish va etmasligi ham she’r san’atini hosil qiladi. Jumladan, iltifot. Jim qolish, ellipsis, amr va nahiy kabi san’atlar esa misra tarkibida so’zlarning tushib qolishi yoki buyruq va man’ etish ma’nolarini ifodalash sirasidan kelib chiqqan. Fasohatga oid san’atlar she’r ifodaliligi, jarangdorligi va obrazliligi uchun xizmat qiladi. 9. She’r poetikasi maxsus mezonlar asosida tahlil etiladi. Uning ommaviy, qomusiy, ilmiy va ta’limiy tahlil ko’rinishlari mavjud. She’r poetikasi quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi: she’r mavzusi, g’oyaviy yo’nalishi, falsafiy asoslari, lirik qahramoni, an’ana va nuktadonligi, badiiy xususiyatlari, zamonaviyligi, umuman, she’riyat taraqqiyotidagi o’rni va h.k. 10,11,12,13- mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar: 10. She’r poetikasi tahlili mo’’jaz tarzda tafsil, timsol, obraz va so’z san’atkorligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bu she’rning sof poetikasi deb yuritiladi. She’r, eng avvalo, yaratilish tarixi, tafsillari, timsollari, obrazlari va nihoyat badiiy xususiyatlari jihatidan tahilil qilinadi. Shu bilan birga tafsil va timsolning she’r ritmi hamda poetik mantiqqa mosligi kuzatiladi. 11. Lirik tarh poetikaning yirik qismini tashkil qiladi. She’r tarhi 50-yillarda keng munozaraga bois bo’lgan. Unda she’rning syujetli va syujetsiz bo’lishi haqida ham mulohaza ketdi. Lirikada kompozitsiya his-tuyg’u tadrijining mutanosibligidir. Lirikada she’r kompozitsiyasi to’rtga bo’linadi. Qisqasi, she’rda kechinma, his-tuyg’u va fikr mantiqi tajrijli lirik tarhni tashkil qiladi. 12. Kichik lirik janrlar poetikasida fard, tuyuq va ruboiy janrlari o’rganiladi. Har uchala janr – poetik jihatdan maxsus xususiyatlarga ega. Fard ikki misradan iborat bo’lib, masnaviy tarzda qofiyalanadi va birinchi misra ikkinchi misraga mantiqiy bog’lanadi. Fard aforizmga aylanadi. Tuyuq a a b a shaklda qofiyalanib, tajnisga asoslanadi. Ruboiy-axloqiy-ijtimoiy-siyosiy va falsafiy ma’no hamda mavzudagi maxsus to’rtlik shakli. U a a b a yoki a a a a shaklida qofiyalanadi, uning o’ziga xos kompozitsiyasi mavjud. 13. G’azal o’zbek adabiyotshunosligida tizimli ravishda asrimizning so’nggi choragida o’rganildi. Uning poetikasi borasida Navoiy va Boburlar tahsinga sazavor fikrlarni bildirganlar. Yaqin yillargacha tarhga ko’ra g’azal voqeaband va parokandaga tasniflangan edi. Hozircha uning besh turi ilmda aniqlandi. G’azal tarhi uning ham mazmun, ham shakl jihatini tayin etadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling