Guliston davlat universiteti mirhaydarov h. R


Download 0.79 Mb.
bet56/60
Sana24.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1058464
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

12-mavzu bo’yicha:
1. Fard yozilajak g’azalning matla’si deyishlik to’g’rimi?
2. Fard atamasining lug’aviy va istilohiy ma’nolarini ayting.
3. Fardga qisqacha aniqlama bering.
4. Fard turlarini sanang va misollar keltiring.
5. Tuyuq janrining kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?
6. Tuyuq borasida Navoiy fikrini aynan keltiring.
7. Mumtoz va zamonaviy she’riyatda tuyuq yaratgan shoirlarni nombar qiling.
8. Ruboiyning qofiya tartibi va vaznini xotiraga keltiring.
9. Ruboiyning tarhiga izoh bering.
10. Ruboiyning mavzu doirasini sharhlang.
13-mavzu bo’yicha:
1. Tarh va kompozitsiya atamalarining teng tushunchaligini sharhlang.
2. G’azalning tarhga ko’ra tasnifi borasidagi bahsga sizning munosabatingiz.
3. G’azal tarhi haqida Navoiy qarashlarini aynan keltiring.
4. Boburning Navoiy g’azallariga nazariy jihatdan bergan bahosini aynan yoddan ayting.
5. Adabiyotshunos N.Jumaxo’jaevning «kompozitsiya shakl masalasi» deyishiga siz qanday baho berasiz.
6. Navoiyning «Qaro ko’zum» g’azali misolida yakpora g’azal tarhini tushuntiring.
7. Porakanda g’azalga misol keltiring.
8. Voqeaband g’azalni nazariy jihatdan sharhlang.
9. Musalsal g’azal tarhini misol orqali tushuntiring.
10. Qanday g’azal musajja’ deyiladi?


1,2,3,4,5- mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar:
«She’r poetikasi» – she’rning tuzilishi va u davr o’tishi bilan takomillashib, taraqqiy qilib borishi, unga boshqa xalqlar she’riy shakllari ta’siri, an’ana va nuktadonlik haqidagi fan.
She’r poetikasi monizm, shomonizm, buddizm kabi diniy oqimlar paydo bo’lgandan boshlab, shakllana borgan, ayrim janrlar – to’rtlik, marsiya yuzaga kelgan.
O’zbek she’r poetikasining taraqqiyot bosqichlari to’rtga bo’linadi. Birinchisi – qadimiy, ikkinchisi – o’rta asrlar, uchinchisi – sho’rolar davri – sotsiologik oqim, to’rtinchisi-mustaqillik davri.
O’rta asrlarda she’r poetikasi bo’yicha ixtisoslashgan mutaxassislar etishib chiqib, qonunlashgan poetika yaratilgan. Biroq she’rni g’oyaviy-estetik jihatdan o’rganish birinchi rejaga ko’chmagan. Asosan, she’r san’atlari va so’z ma’no jilolarini o’rganish etakchi bo’lgan.
Sho’rolar davrida she’r sotsiologik oqim nuqtai nazaridan o’rganilib, zararli oqibatlarga olib kelgan hollar ham bo’ldi. Mustaqillik davrida esa she’r poetikasi asliyatiga qaytdi, ya’ni she’r so’z san’ati mezonida o’rganildi.
Badiiy nutqning gultoji nazmiy nutq sayqallangan, mezonlangan va o’lchangan nutqdir. Uning o’ziga xos xususiyatlari mavjud: o’lchovlari-bo’g’in, turoq, vazn, qofiya, ritm. U nasriy nutq –sochmadan mutlaqo farq qiladi. Nasriy nutqga so’z, tovush takrori deyarli xos emas, ammo u nazmiy nutqning muhim omili hisoblanadi. Uning og’zaki va yozma shakllari bor.
She’rning «joni» ritmdir. Ritm biror hodisaning me’yoriy va doimiy takrorlanish hodisasidir. U she’rning ohangi, jarangi va pafosini uyushtiradi. Shu bilan birga ritm she’r obrazliligini ifodalaydi. Ritm davr uslubi bilan bog’liq holda o’zgarishga uchrab turadi. U avval tekis harakatli ritm shaklida bo’lgan. 20-30-40-yillar shiddatli, oshkoralik davrining dolg’ali voqealari ta’sirida u notekis harakatli ritmga ko’chdi.
Notekis harakatli ritm ta’kid topuvchi, keskin, isyonkor fikrlarni ifodalovchi eng monand ritm hisoblanadi.
Notekis harakatli ritm – oddiy, o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli va g’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm ko’rinishlariga ega. Ular she’rning ma’nodor va jarangdor bo’lishiga xizmat qiladi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling