Guliston davlat universiteti musurmanov. A. A agrokimyoviy tekshirish usullari
Download 1.8 Mb.
|
portal.guldu.uz-agrokimyo tekshirish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi, 10 minut
REJA:
Variantlar soni va joylashtirish usullari. Dala tajribasidagi paykallar va ularning shakli. Tajribaning takroriyligi. TAYaNCh TUShUNChALAR: Tajriba, uslub, variant, paykal, yarus, qaytariq, paykal shakli, variantlar soni, takrorliklar soni, bir yarusli, ko’p yarusli, kuzatuv maydoni, himoya yo’lakchalar savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarni dala tajribalari tarkibiy qismlari bilan tanishtirish, ularni qiziqtirish. Identiv o’quv maqsadlari; 1.1Dala tajribalarini tarkibiy qismlarini izohlab bera oladi. 1.2 Dala tajribalarining joylashtirish usullarini sanab beradi. Dala tajribasining metodikasi deganda, uni tashkil etuvchi barcha elementlar: variantlar soni, maydon paykallarining shakli va yo’nalishi, variantlarni joylashtirish usullari va ularning takroriyligi, hosilni hisobga olish metodi va tajribani vaqt oralig’ida tashkil qilish kabilar majmuasi tushuniladi. Metodikaning barcha elementlari to’g’ri qo’shib olib borilsa, tajriba natijasi juda aniq bo’lib chiqadi. Dala tajribasi o’tkazishda uning metodikasi, mazmuni asosan quyidagilar: Variantlar soni; Tajribadagi xatoning mumkin bo’lgan, ya’ni planlashtirilgan kattaligi, variantlar o’rtasidagi farq qancha katta bo’lsa, o’rtachaning xatosi ham shuncha katta bo’lishi mumkin. Tajriba o’tkazish mo’ljallangan bo’lgan maydon tuproq unumdorligining o’zgarish xarakteri; Tajriba o’tkazish mo’ljallangan ilmiy tekshirish instituti, o’quv muassasasi yoki tajriba stansiyasining moddiy texnikaviy bazasi bilan aniqlanadi. Shularni hisobga olib tajriba uchastkasidagi paykallarning ma’lum shakli, maydoni, variantlarni joylashtirish metodi va takrorlash ustida to’xtalib o’tish mumkin. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling