Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi


Download 0.78 Mb.
bet42/63
Sana28.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1021146
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI

LSQ larga xos belgilar

LSQ larning nutqiy hosilalariga xos belgilar

bevosita kuzatishda berilmagan

Bevosita kuzatishda berilgan

ijtimoiy

individual (alohida)

takrorlanuvchan

Takrorlanmas

chegaralangan

Chegaralanmagan

majburiy

Ixtiyoriy

LSQ larning faqat kishilar ongidagini mavjudligi, ularning moddiylikdan xoliligini ifodalaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilalargina moddiy qobiqqa ega bo‘ladi.


LSQ lar ma’lum shaxslar tomonidan yasalgan emas, balki muayyan tilda so‘zlashuvchi jamiyat a’zolari tomonidan uzoq asrlar davomida kishilar ongida shakllangan. LSQ lar barcha jamiyat a’zolari uchun teng baravar xizmat qiladi. Bu uning ijtimoiy tabiatidir. Nutqiy hosilalar individual (alohida)lik tabiatiga egadir. Buni qanday tushunish mumkin? Bu olamda moddiylikka ega bo‘lgan biror narsa, voqea – hodisa bir-birini takrorlamaydi. Hattoki, bitta qolipdan chiqqan g‘ishtlar ham. Son-sanoqsiz daraxt barglari, tuproq zarralari, odamlarning ham biri ikkinchisiga hech qachon aynan o‘zshamaydi. Bu holat nutqiy hosilalarga-da tegishli. Aytaylik, Keling ixcham gapini ikki marta takrorlasak, ikkinchi gap birinchi hosilaning ayni takrori bo‘la olmaydi. Zero, bu nutqiy hosilalar o‘rni, zamoni, aytilish maqsadi, sharoiti kabilarning hech bo‘lmasa bittasi bilan farqlanadi. Bu nutqiy hosilaning alohidalik xususiyatidir.
Bitta lisoniy sintaktik qolip yuzlab, minglab so‘z birikmalarida yoki gaplarda takrorlanaveradi. Masalan, [ot tushum kelishigi Q fe’l] so‘z birikmasi qolipidan polni bo‘yamoq, farzandni sevmoq, onani ardoqlamoq, kitobni o‘qimoq kabi son-sanoqsiz nutqiy sintaktik birliklarni hosil qilish mumkin. Demak, LSQ lar takrorlanuvchandir. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, bevosita kuzatishda berilgan birorta hodisada takroriylik yo‘q. Hayotdan ko‘z yumgan birorta odamni qayta yaratib bo‘lmaganidek, qolipdan chiqqan so‘z birikmasi yoki gapni ham qayta aytish, yozish mumkin emas. Bu nutqiy hosilalarga xos betakrorlikdir.
LSQ lar chegaralangan. Masalan, o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalarining o‘n sakkizta ustivor qolipi aniqlangan. O‘zbek tilidagi minglab, yuz minglab (balki undan ham ko‘proq) so‘z birikmalari turli nutq sharoitlariga mos ravishda turfa ko‘rinishlarda aks etsa-da, LSQ ning mohiyat chegarasidan chiqib keta olmaydi. Demak, LSQ lardan chiqadigan nutqiy hosilalar miqdori chegaralanmagan.
Jamiyat a’zolari, ya’ni muayyan bir tilda so‘zlashuvchilar, nutq jarayonida LSQ lardan foydalanishga majburdirlar. Ularni o‘zgartirish yoki yangisini tuzishga urinish tilda sun’iylikni keltirib chiqaradi. Vaholanki, LSQ lar majburiylik, nutqiy hosilalarni tuzish yoki tuzmaslik shaxslar uchun ixtiyoriylikdir.
Qolip nutqiy hosilasiz o‘lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‘lishi mumkin emas. Zero, LSQlar nutqdagi xilma-xil so‘z birikmalari va gaplarni yuzaga chiqaruvchi, bir o‘ringa birlashtiruvchi asosdir.
So‘z birikmalariga xos bo‘lgan umumiy qolip [TBQHB], ya’ni [tobe bo‘lakQhokim bo‘lak] dir.
Rus tilshunosligida sodda gaplarning eng kichik qurilish qolipi [S - P], ya’ni [ega - kesim] ko‘rinishiga egadir. Masalan: Trava zeleneet. Ptitso’ uletayut kabi. O‘zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] ko‘rinishiga egadir. (Bu qoliplarning mohiyatini «Gap» mavzusida batafsil ochib berishga harakat qilamiz.)
Yuqorida sintaktik munosabat yoki sintaktik aloqa nutqiy bosqichga xos hodisa ekanligini e’tirof etgan edik. Xo‘sh, lisoniy bosqichda u qanday asosga borib birlashadi?
Har qanday so‘z birikmasi va gap, kontekst va matn kabi sintaktik butunliklarning birlamchi moddiy asosi so‘zdir. Fikr almashish jarayoni aslida so‘zlardan, ularning semantik-sintaktik bog‘lanishidan yuz beradi. So‘zga substansial yondashuv natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘z ham til birligi, ham nutq birligidir. Tilshunos olim Ravshanxo‘ja Rasulov ta’kidlaganidek, ham til, ham nutq birligi bo‘la olish imkoniyati faqat so‘zga xosdir. So‘zga substansial yondashuv leksikologik – semasiologik, morfologik va sintaktik tomonlar tekshiruvi natijalarini umumlashtiradi, «til ~ nutq» aspektida ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi.
So‘zni nutq birligi deganda, so‘zning mohiyatini gapda o‘rganish va aniqlash ko‘zda tutiladi, so‘z til birligi sifatida gapdan tashqarida o‘rganiladi. Demak, so‘z o‘zining asosiy nominativ vazifasini nutq faoliyatida bajaradi. Shu faoliyatda u ma’no (semantik) jihatdan aniq o‘rniga ko‘ra mustaqil bo‘ladi, muayyan sintaktik vazifada keladi. Bundan mantiqiy ravishda so‘zning nutqdagi ahamiyatini, semantik munosabatning ma’no imkoniyatlarini o‘rganish masalasi kelib chiqadi.
Gap tarkibidagi so‘zlarning muayyan qurshovda, muayyan ishtirokchilari bilan birika olish imkoniyatlari tasodifiy va butunlay erkin emas. Ular muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Fanning eng so‘nggi yutuqlariga tayanib ayta olamizki, hozirda ma’lum til birligining boshqasi bilan birikuvining asosiy qonuniyatlari valentlik tushunchasida birlashadi. Ma’lum bir so‘zning boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati, ma’noviy sintagmani tuzuvi, o‘z ma’nosini to‘la ochish uchun muayyan so‘z va so‘z shakllarni talab etishi valentlik nazariyasining asosini tashkil etadi.
Valentlik atamasi, eng avvalo, kimyo faniga tegishli bo‘lib, biror kimyoviy element atomining boshqa element atomlaridan muayyan sondagisini biriktirib olish xossasidir. Valentlik so‘zi «kuch» degan ma’noni bildiradi. Fizika fanidan ma’lumki, kuch-o‘zaro ta’sir va bog‘lanish demakdir.
Jahon tilshunosligida «valentlik» atamasi o‘tgan asrning 20-30-yillarida paydo bo‘ldi va juda tez ommalashdi. XX asrning 40-yillarida sovet tilshunosligiga valentlik tushunchasi S.D.Kotsnelson olib kirdi (Qarang: S.D.Kotsnelson. O grammaticheskoy kategorii. Vestnik. LGU. 1948. №2. str.132). Uzoq yillar davomida olimlar o‘rtasida valentlik ma’noviy tabiatga egami yoki sintaktik xarakterga egami degan bahs davom etdi. Bu jiddiy munozaraning yechimini o‘zbek tilshunos olimi R.Rasulov bera oldi (Qarang: Rasulov R. O‘zbek tilidagi holat fe’llari va ularning obligator valentliklari. T., «Fan», 1989.) va valentlik hodisasini imkoniyatli voqelik sifatida baholadi. Shu bilan birga, o‘zbek tilshunosligida valentlik ikki tomonlama: ham semantik, ham sintaktik hodisa ekanligini isbotladi.
Tilshunoslikda valentlik tushunchasi ostida uch jihatni farqlash lozim:

  1. so‘z valentligi;

  2. sintaktik valentlik;

  3. grammatik shakl valentligi.

So‘z valentligi masalasida zukko olim H.G‘.Ne’matov ta’kidlaganidek, ikki muammoni farqlay olish o‘ta muhimdir. Bular: lisoniy valentlik hamda nutqiy valentlik.
Lisoniy valentlik so‘zning semantik strukturasida mujassamlangan yashirin imkoniyat bo‘lib, u ma’lum bir so‘zning muayyan bir ma’noviy turkum so‘zlari bilan me’yoriy ravishda bog‘lana olishi, birika olish qobiliyatiga ega ekanligini ifodalaydi. So‘zlarning lisoniy valentligidagi bu imkoniyat so‘z valentligi yoki semantik (ma’noviy) valentlik deb yuritiladi. Misol tariqasida [yozmoq] so‘zining ma’noviy valentligini ko‘rib o‘tamiz.


kim?
nimani?
kimga?
Y ozdi qachon?
qanday?
nima bilan?
nima sababdan?
qancha?



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling