Guliston davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi m. Qambarov Tilshunoslik nazariyasi
Download 0.78 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tilshunoslik nazariyasi o’quv fanidan MA’RUZA MATNI
(Ertalab Karima akasiga xatni shahar tashqarisiga zudlik bilan chiqib ketayotganligini bildirish uchun shoshilganicha qalamda qisqagina yozdi.)
Demak, [yozmoq] so‘zi o‘z ma’nosini to‘la ochib berishi uchun yuqoridagi so‘roqlarga javob bo‘la oladigan so‘zlar bilan kengaytirilishi (nutqda birikib kelishi) talab etiladi. Nutqiy valentlik yashirin imkoniyat, mohiyat, umumiylik, zaruriyat bo‘lgan lisoniy valentlikning moddiylikka ega bo‘lishi, ya’ni ro‘yobga chiqishidir. So‘z valentligi substansial hodisa sifatida so`zning doimiy ichki xususiyati bo‘lib, bu xususiyat nutq faoliyatida so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishida paydo bo‘lmaydi. U nutqqacha, ya’ni tilda – til «birligi» sifatida so‘z ma’no tarkibida mavjud bo‘ladi, «yashaydi», yuzaga chiqishga tayyor turgan imkoniyat tarzida saqlanadi. Biriktiruvchi so‘z ma’lum bir ma’noviy turkum (guruh) so‘zlar bilan birikishi uchun bu turkum so‘zlarning ma’lum bir sintaktik shaklda bo‘linishini talab etadi. So‘z lisoniy valentligidagi bu tomon sintaktik valentlik deyiladi. Ma’noviy valentlik va sintaktik valentlik so‘z lisoniy valentligining ajralmas ikki tomonidir. Sintaktik valentlik bilan ma’noviy valentlik ba’zi holatlarda o‘zaro nisbiy mutanosib bog‘liqlikda bo‘ladi, ya’ni biri o‘zgarsa, ikkinchi ham o‘zgaradi. Masalan:
Salim kitobga yozdi. sababchi manba harakat Salim kitob yozdirdi. sababchi manba harakat Salim uchun kitob yozildi. Ba’zan valentlikning bir ko‘rinishi o‘zgarsa-da, ikkinchisi o‘zgarmasligi ham mumkin. (Bu xususda tilshunoslikning «Sintaksis» sathida to‘laroq ma’lumot beriladi.) Affiksal morfemalarning birikuvchanlik qobiliyati grammatik shakl valentligi deb yuritiladi. Grammatik shakl valentligi mohiyatan ma’noviy valentlikka o‘xshashdir, biroq umumiylik darajasiga ko‘ra semantik valentlikdan ancha yuqori bo‘lib, kategorial umumlashmalar darajasidadir. Masalan, qaratqich kelishigining morfemasi o‘zidan keyin kelgan so‘z tarkibidagi egalik qo‘shimchasi bilan birika olish valentligiga ega, bu so‘z birikmasi tarkibida muvofiqlashadi. Ular bir-birini tanlagan, birikish uchun bir-birini tanlash esa v a l e n t l i k d i r. Xulosa qilib aytganda, valentlik nutqda so‘zlar orasidagi sintaktik aloqani, so‘zlarning, grammatik shakllarning o‘zaro birikuvini ta’minlovchi potensiyadir. Sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, balki valentlikdan sintaktik aloqa kelib chiqadi. So‘z valentligi va sintaktik aloqa dialektik bog‘liq, o‘zaro bir butun, ajralmas, ayni vaqtda, har biri nisbiy mustaqil bo‘lgan hodisalardir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling