Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

 
VAZIYAT 
Bola (yig‘layapti): Mashina, mashina! Qani mening mashinam? 
Ota: Senga mashining kerak, lekin uni topolmayapsan? 
Bola: (xonalar bo‘ylab yugurdi, ditvan taglarini qaradi). 
Ota: U erda mashinang yo‘q. 
Bola: Qani mashinam? 
Ota: Balki mashinang shkaf ichida o‘yinchoqlar orasidadir? Qaragin. 
Bola: (shkaf oldiga yugurib bordi, hamma narsani ag‘dardi, lekin mashinani 
topolmadi va otasiga ma’noli qaradi) 
Ota: (indamadi, bu bilan bolaga qidiruv tashabbusini berdi) 
Bola: (oshxonaga yugurdi va stol tagidan mashinasini topdi) Mana u! 
Ota: Balli! Sen o‘zing mashinani topding. 
 
Savollar: 
1. Otaning har bir javob variantini va holatini tahlil qiling. 
2. Bu holat ota hulqining qanday xususiyatlarini va bola bilan 
munosabatning qanday xarakterini bildiradi? 
3. Berilgan holatda tarbiyaning qanday turi kuzatiladi? 
VAZIYAT 
Erkin «onasini bolasi» deb ataladigan bolalardan biri. Uning onasi garchi 
faqat o‘g‘li bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lsa-da, u har qanday sabab bilan goh 
direktorga, goh o‘qituvchilarga, goh sinfdoshlarning ota-onalariga murojat qilishni 
afzal ko‘rdi. Natijada, Erkin 15 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, har qanday 
arzimas sabab bilan onasiga murojat qilish odobsizlik ekanligini tushunmadi va u 
umuman xaqiqiy hayotga moslashmadi. U o‘zini o‘zi himoya qila olmaydigan
oddiy vaziyatlardan ham chiqib keta olmaydigan darajaga etdi.
Odatdagidek, ziddiyatlarning hamma sabablari quyidagilarga taqalardi: 
«meni turtishdi», «meni masxara qilishdi», «meni chaqirishmadi» va sh .k. 
Mehmonga buva va buvisi kelishdi, ular chet elda yashardilar shuning uchun 
ham 8 yil mobaynida nabirasini ko‘rishmagan edi. Buvasi sobiq xarbiy edi, u hafta 
davomida Erkin va kelin xulqini kuzatdi. 
YAnagi holatdan keyin buva nabirasi bilan yolg‘iz gaplashishga qaror qildi. 
- Men sen bilan nafaqat bu holat xaqida, balki butun hayoting to‘g‘risida 
gaplashmoqchiman. Sen endi 15 yoshdasan va buni tushunishing kerak: qanday 
vaziyatda onasini yordamga chaqirish va uning maslahatini olish lozim; qanday 
vaziyatda onasini o‘z shaxsiy ishlariga aralashtirmaslik lozim. Mana qara, qanday 
xudbinsan: oyingni ko‘zi yoshlanishigacha tashvishlantirding, umuman olganda bu 


2-ilova 
 
317
ishni o‘zing ham hal qilishing mumkin edi. 
YAna bir gap. O‘zing tushunasan, hamma payt ham oying yoningda 
bo‘lmaydi va sen o‘zingni himoya qila olishing kerak, o‘tmish va kelajakni tahlil 
qila bilishing shart. Mana bugun, agar sen o‘zingni xaq deb bilsang, nega unda
o‘qituvchidan bahoni pasaytirgani sababini so‘ramading? Sen bo‘lsang oyingni 
ovora qilib, o‘qituvchidan shikoyat qilding. Axir sen kap-katta yigitsan, har qanday 
iltimosingni, noroziligingni, savolingni o‘zing aytishing kerak. 
hayotda juda qiyin masalalarni hal qilishinga to‘g‘ri keladi: o‘z g‘ururing, 
oilang faxrini himoya qilishing, bezorilarga to‘sqinlik qilishing, sevgan qizing 
nomusini, Vataningni himoya qila bilishing lozim.
Bir hafta oldin oying bilan suhbating davomida sinfdoshlaring bilan 
ziddiyatli munosabatlaring haqida eshitib qoldim. Sen aytdingki, o‘rtog‘ing noxaq. 
Lekin sen bunga qanday e’tibor qilding: tupurding, tirnading va oyinga 
yugurding… Oying senda o‘z himoyachisini ko‘rishi kerak. Sen bo‘lsang o‘zingni 
yosh boladek tutasan. Kelishib olaylik, agar nimadir bo‘lsa, oyingni boshini 
qotirmaysan, balki men bilan maslahatlashasan. Biz birgalashib o‘ylaymiz. SHu 
yo‘l ma’qulmi senga?
YAna bir shart, irodangni o‘zing tarbiyala, ya’ni hamma narsani o‘zing hal 
qil va bajar. Fe’lingni tarbiyala! Axir sen urush ofitserining nabirasisan-ku! Agar 
qiynalsang, senga hamisha yordam beraman! Kelishdikmi?
Qani ovqatga, oying bilan buving bizni kutib qolishdi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling