Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

 
Savollar. 
1. Bolaning yutug‘ini siri nimada? Siz bunday yo‘l bilan yutuqqa erishishga 
qanday qaraysiz? 
2. Qanday sharoitlarda bolaning bu yutug‘ini mustaxkamlash mumkin? 
3. O‘qituvchining bu xarakatini antipedagogik deb qarash mumkinmi? 
 
VAZIYAT 
Fakultet sponsorlari Universitet yubeleyiga yaxshi studentlarga 3 ta 
yo‘llanma premiya tariqasida ajratdilar. 
Qanday yo‘l bilan studentlar orasida buni taqsimlash mumkin? 
1) Fakultet kengashi talabalar o‘rtasida konkurs o‘tkazib, g‘oliblarga mukofatni 
berishni taklif qildi. 
2) Fakultet kengashi gurux sardorlarini yig‘ib, ulardan gurux a’zolariga 
xarakteristika olib, ko‘pchilik fikriga asoslanib mukofat ajratish. 
3) Sizni bu vaziyat bo‘yicha fikringiz qanday? 
 
VAZIYAT 
Men dugonam bilan qanday kasbni tanlash lozimligi borasida ko‘p 
tortishdim -, hali bu to‘g‘ri kelmagandek hali u … 
- Men aniq bilaman, qaysi kasblarni tanlamasligimni: o‘qituvchi bo‘lib 
asabimni buzmayman, kimyoviy sanoatga bormayman, chunki kimyoviy moddalar 
bilan ishlash sog‘liqqa zarar; fabrikaga bormayman, u erda bir xil ish qilib robotga 
aylanib qolish mumkin. Men hohlardimki, ishimda sog‘lig‘im buzilmasin va 
ishlash jarayoni qiziqarli bo‘lsin. Istardimki, ishim hayvonlar bilan va ko‘pgina 
safarlar bilan bog‘liq bo‘lsin.
- Unda sen sirkka borishing kerak! – deb qichqirdi dugonam va ilova qildi: 
menga esa yaxshi pul topsam bo‘ldi. 
Keyin men uzoq o‘yladim. Sirkka menda iste’dod borligi shubhalantirdi. 
Balki dugonam xaqdir. Agar qobilyat bo‘lmasa, boshqacha yo‘l bilan pul topishni 
o‘ylash kerakdir.
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Qizning kasb tanlash motivlari qanday? 
2. Berilgan holatda pedagogik ta’sirning qanday turi qo‘llanilgan? 
 
VAZIYAT 
Bolalar o‘rtasidagi bitiruvchilar uchrashuvida shunday suhbat ro‘y berdi. 
Iroda ozg‘in kichkina qiz. U farmatsevt. Uning o‘z kasbi to‘g‘risida 
gapirishini eshitish – faqat rohat:
- Bolalar uchun dori, - deydi u, - bu juda ma’suliyatli. Arzimas xato xaqida 
o‘ylash ham dahshat, nimalarga olib keladi … Axir ular zaharlanishi mumkin. 
O‘zim ham tatib ko‘raverganimdan zaharlanay debman. 
U dori, retseptlar nomlarini to‘kib soldi. Bolalar kulishadi. 


2-ilova 
 
314
- Sen bilan o‘zbekchada gaplashib bo‘lmaydi, nuqul hamma gaping lotin va 
dorilar to‘hrisida. 
- Bu mening ishim, - kuladi u. 
Bitiruvchilar o‘rtasida bo‘lajak shifokor – Dilnoza. U stomatolog 
bo‘lmoqchi. 
- Dilnoza, nega sen stomatologlikka kirding? 
- Nargiza kirdi, men ham u bilan. 
- Qalay yoqyaptimi? 
- Ha bo‘ladi, faqat keraksiz har xil fanlar ko‘p. Masalan ingliz tili. Nega tish 
doktorlarga ingiliz tili kerak? Umuman olganda men stomatologiya kollejiga 
o‘tmoqchiman. Texnik bo‘laman.
- Universitetdan kollejga? Lekin nimaga? 
- O‘qish jonga tegdi, keyin biz poliklinikada amaliyot o‘tadik, shunda 
bildimki, doktorga qaraganda texnik ko‘p pul ishlashi mumkin ekan. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling