Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Echish yo‘llari
VAZIYAT Bir kuni siz do‘stlaringiz bilan kursdosh o‘rtog‘ingiznikiga mehmonga bordingiz.O‘rtog‘ingizni uyida ota – onasi yo‘q ekan. O‘rtoqlaringiz bundan foydalanib spirtli ichimlikni qo‘lma-qo‘l qilib ichishyapti. Siz ichishni xoxlamayapsiz. Sizga boshqalarni xatti – xarakatidan noqulay bo‘lyapti. Siz do‘stingizga pichirlab ichishni xoxlamayapganingizni aytgan edingiz, u kulib: «Sen bir ta’tib ko‘rgin, xar doim ham yosh bola bo‘lib qolmaymizku!»- deb aytdi. Siz nima qilasiz? Echish yo‘llari: 1. Ichasiz, chunki boshqalar hammasi ichmoqda, ichmasangiz sizni ustingizdan kulishadi. 2. «Men dori ichyapman, spirtli ichimlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi» deb bahona qilasiz. 3. Oddiygina «yo‘q, raxmat» yoki «men xoxlamayman» deb qo‘ya qolasiz. VAZIYAT O‘qituvchi darsga kirish vaqtida xonada bolalar to‘paloni ustidan chiqdi. O‘qituvchi urushayotgan bolalarni koridorga olib chiqib, nima sababdan urushayotganlarini so‘radi. Bolalar bir-birlariga qarab sababini aytmadilar. «Bu sirmi?» - deb so‘radi o‘qituvchi. Bolalar boshlarini qimirlatdilar. SHunda o‘qituvchi bolalarga «sizlar 5 daqiqa vaqt ichida erkakchasiga gaplashib olinglar, faqat bir-biringlarni urmasdan, xaqorat qilmasdan kelishinglar. Sinfga siz oldingidan ham inoqroq do‘st bo‘lib kiring, shunday xayotiy muammolarni ham tinch-totuv echib kirganingizni boshqalar ko‘rsin.» Savollar. 1. O‘qituvchi xaqmi? U vaziyatni qanday boshqardi? 2. Siz bolalarda ta’lim – tarbiya ishlarini olib borishda, «erkakcha», «qizlarga hos» degan fikrlarni ishlatilishiga qanday qaraysiz? 3. Siz bu vaziyatda qanday yo‘l tutar edingiz? VAZIYAT Ikkinchi chorak boshida o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga: «Mening sizlar bilan ishlashim qulay bo‘lishi uchun, siz bilan kelishib olamiz. Kim «3» va undan past baho olgan bo‘lsa, mendan o‘ng tamonga, kim yuqori baholarga o‘qisa mendan chap tamonga o‘tiradi.CHunki, bu o‘yin sizlarni o‘zlashtirishingizdagi yutuq va kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatadi va o‘ng 2-ilova 312 tamondagilar ko‘proq men va sinfdoshlarini e’tiborida bo‘ladilar.» Savollar. 1. Bunday tabaqalashtirishda o‘qituvchi qanday qonuniyatlarni ko‘zda tutgan? 2. Bu tajribani o‘spirinlarda qo‘llash mumkinmi? 3. Bu pedagogik yo‘nalish ta’lim va tarbiya ishlarida qanday rol o‘ynaydi? Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling