Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Nasr Farobiy
- Abu Rayxon Beruniy
-
Avestoda inson mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug g’oya ilgari suriladi. 4-rasm Avestoda yoshlarni kasb - hunarga o’rgatishga, halol mehnat qilib to’q farovon hayot kechirishga da‘vat etiladi. Bundan ko’rinadiki, eng qadimgi davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb - hunarli bo’lib farovon turmush kechirishini ta‘minlashga katta e‘tibor bilan qa ragan. 15 Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o’rgatish masalalari bo’yicha o’zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo’l-yo’riqlar ko’rsatganlar. 5-rasm Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasbhunar to’g’risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so’z va ko’nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarni o’rganishga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib kelganini tan olgan. Farobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish, bunda yoshlarga o’z vaqtida o’rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga yo’llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam berish g’oyasidan iborat. Sharqda birinchi bo’lib Er va Osmon globusini yasagan Abu Rayxon Beruniy ilm fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shish bilan bir qatorda, ta‘limtarbiyani amalga oshirish usullari, metodlarini ham ko’rsatib o’tgan. Eng muhimi mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand va fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli olimlar mehnatiga alohida e‘tibor berish, hayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma‘rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb biladi. Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. 6-rasm Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Tabiatni va jamiyat ilmini o’rganishda o’zim tekshirib ko’rmaguncha ishonmayman degan shiorga butun umr amal qiladi. Umuman olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogic- psixologik qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, aqliy ta‘lim, ahloqiy va jismoniy ta‘lim, mehnat va insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo’lgan. 16 Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr an‘anasiga ko’ra vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning - Mineralogiya asarida hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qi mmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo’lib etishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga etishishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi. Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxti-saodati, ta‘limtarbiyasi, kasb hunar egallashi va kamolati bosh masala bo’lgan. Islom davlatlarining nufuzli faylasuf – 0limi tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan, UNESKO 1980 – yilda ushbu esdalik medalni zarb etdi. Abu Ali al-Husayn Ibn Abdulloh Ibn Sino Yevropada Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling