Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya


Avestoda
inson mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan 
ulug g’oya ilgari suriladi.
  
  
4-rasm  
Avestoda yoshlarni kasb
-
hunarga 
o’rgatishga, halol mehnat qilib
to’q farovon hayot kechirishga 
da‘vat etiladi. Bundan ko’rinadiki, 
eng qadimgi davrlardanoq xalqimiz 
farzand tarbiyasiga, uni kasb
-
hunarli bo’lib farovon turmush 
kechirishini ta‘minlashga katta 
e‘tibor bilan qa ragan.


15
Mamlakatimizda etishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy 
olimlarimiz yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o’rgatish 
masalalari bo’yicha o’zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni 
bildirib, bu borada nimalarga e‘tibor berish kerakligi haqida yo’l-yo’riqlar 
ko’rsatganlar.
5-rasm 
Buyuk qomusiy olim
Abu Nasr Farobiy
kasbhunar
to’g’risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli
maslahatlar bergan, chunonchi, ta‘lim so’z va 
ko’nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy
malakalardan iborat ish-harakat ekanligini
muayyan kasb-hunarni o’rganishga berilgan, u 
bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning
chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu
mulohazalardan anglanib
turibdiki, alloma kasb-hunar insoniyat uchun
azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib kelganini 
tan olgan. 
Farobiy ta‘lim-tarbiya ta‘limotining asosi komil insonni shakllantirish, 
bunda yoshlarga o’z vaqtida o’rinli ta‘lim va tarbiya berish, ularni kasb-hunarga 
yo’llash orqali baxt-saodatga erishtirish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam 
berish g’oyasidan iborat.
Sharqda birinchi bo’lib Er va Osmon globusini yasagan
Abu Rayxon 
Beruniy
ilm fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shish bilan bir qatorda,
ta‘limtarbiyani amalga oshirish usullari, metodlarini ham ko’rsatib o’tgan. 
Eng muhimi mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi
haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab 
turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand
va fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli olimlar mehnatiga
alohida e‘tibor berish, hayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma‘rifat
tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb biladi. Olim bolalarni
mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi.
6-rasm 
Beruniy insonni tabiatning bir qismi deb biladi. 
Tabiatni va jamiyat ilmini o’rganishda o’zim
tekshirib ko’rmaguncha ishonmayman degan
shiorga butun umr amal qiladi. Umuman
olganda Abu Rayhon Beruniyning pedagogic-
psixologik qarashlari asosan, oilada bola tarbiyasi, 
aqliy ta‘lim, ahloqiy va jismoniy ta‘lim, mehnat va 
insonparvarlik tarbiyalaridan iborat bo’lgan. 


16
Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish kerak, 
deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr an‘anasiga ko’ra vorislikka katta ahamiyat 
beradi. Beruniyning - Mineralogiya asarida hunarmandchilikka oid, shogird 
tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qi mmatli 
fikrlar bayon etilgan. Bunda shaxsiy namuna metodidan foydalanilgan. Ish 
jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida 
bajarilganligi shogirdlarning malakali usta bo’lib etishishida katta
ahamiyatga ega bo’lgan. Beruniy inson har tomonlama kamolga etishishi
uchun u ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak 
deydi. Beruniyning pedagogik ijodida inson va uning baxti-saodati,
ta‘limtarbiyasi, kasb hunar egallashi va kamolati bosh masala bo’lgan.
Islom davlatlarining nufuzli faylasuf – 0limi tavalludining 1000 yilligi 
munosabati bilan, UNESKO 1980 – yilda ushbu esdalik medalni zarb etdi. Abu 
Ali al-Husayn Ibn Abdulloh Ibn Sino Yevropada 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling