Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Psixologiyaning predmeti - konkret shaxs, 
uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli 
faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir.
Psixologiya faniga bo‘lgan zaruriyat:
 
Nega ilmiy yondashuvdan hosil bo‘lgan xulosalar, intuitsiya va umumiy
odatiy ong orqali hosil bo‘lgan xulosalardan ko‘ra ishonchliroqdir? Ba’zi
insonlar o‘ylaydilarki, psixologiya fani odamlar shundoq ham biladigan 
narsalarni shunchaki ilmiy tilda qog‘ozga tushirish bilan shug‘ullanadi:
«Psixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik bo‘lib qoldi – 
mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va
tajribalaring orqali isbotlaysan va bu uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu
o‘rinda boshqalar intuitsiyaga (ichki sezgilari) ishonadilar. «Har birimizning 
ich-ichimizda eng ishonchli yo‘lni ko‘rsatadigan instinkt va yurakdan his 
qiladiganimiz, yo‘lboshchimiz bor – biz shunchaki o‘sha tuyg‘ularga erk bersak, 
bo‘ldi», – deya maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi Charlz.
3
  
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni 
bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli 
o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va 
tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish 
qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar 
murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni 
o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish 
mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan 
qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro 
birbirlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo’ysunadi. 
Demak, psixologiyaning predmeti aniq shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va 
turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi 
tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Inson psixikasini o’rganishda fiziologiyaning oliy nerv faoliyatini 
tadqiqotlarida erishilgan yutuqlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan A.R.Luriyaning bosh miya bloklari spetsializatsiyasi ta’limoti. U 
3 ta blokni farqlaydi:
3
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 48-59-b.


11
a) energetik – miya normal ishlash tonusini quvvvatlash;
b) qabul qilish, qayta ishlash va axborotni saqlash;
v) faoliyatni programmalashtirishni tartibga solish va nazorat qilishni 
ta’minlash.
Bosh miya yarimsharlari funksiyalarining muayyan yo’nalishi alohida 
ahamiyat kasb etadi.
1-jadval  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling