Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Kaykovusning “Qobusnoma”
asarida kasbhunar
haqida bir qator fikr mulohazalar keltiriladi: - 
Ey farzand ogoh bo’lki, hunarsiz kishi hamisha 
foydasiz bo’lur va hech kishiga naf etkurmas. 
Bilursanki, tikanli butaning tani bordur, ammo soyasi 
yo’qdir. Hunarsiz kishi ham tikanli buta yanglig’ na 
o’ziga na o’zgaga foyda berur. 
Mutafakkirning farzandlar kasb-hunar egallamasa, hayotda o’z o’rnini 
topa olmasligi haqidagi fikri ayniqsa e‘tiborga loyiq. Bu holatning izohini
quyidagi fikr mulohazalardan yana bir bor ko’rish mumkin. Agar kishi har 
qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunar bo’lmasa, u xaloyiqning izzat
va hurmatidin noumid bo’lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham
hunar ziynati bo’lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg’il agar gavharning har
nechakim asl bo’lsa, unga g’arra bo’lmag’il, nedinkim tan gavhari hunur
zevari bila ziynatlangan bo’lmasa, u hech narsaga arzimagusidir.
10-rasm  
Amir Temur - “Temur tuzuklari‖ asarida”

Saltanat ishlarini murosa-yu madora, muruvvat va
va sabr-toqat bilan yurgizdim... Tajribamdan 
ko’rilgankim, ishbilarmon odam, mard va shijoat 
sohibi, azmi (qatiy) tadbirkor va sergak bir
kishi, ming-minglab tadbirsiz, sog’lom
kishilardan yaxshidir-deyiladi. 


21
Amir Temur
odob-ahloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiya sohasida o'zi 
yuksaklikka, mutafakkirlikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil 
qilish uchun bobomizning o'zi tomonidan yaratilgan odob-ahloqqa oid dasturlar, 
o'gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni 
ko'zdan kechirish kifoya. “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Marfuzaota 
Temuriy” (“Temurning aytganlari”) va “Vakioti Temuriy” (“Temurning boshidan 
kechirganlari”) nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan asarlaridir.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling