Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Abu Ali ibn Sino
yurakni va uning turli bo’limlarini bilimga olib 
boruvchi yo’l yoki hissiy sezishlar va aqliy sezishlar o’rtasida farqni seziuvchi 
deb hisoblagan. Hissiy sezishlarning ma’nosi allaqoch tushintirildi, bular beshta 
tashqi hislar va beshta ichki hislar ham hissiy sezishlarga to’g’ridan to’g’ri 
bog’liq bo’ladi. Hissiy sezishlar qachonki, hissiy stumili sezish organlariga yetib 
borganda va ular sezish bo’limlari tomonidan tushunib yetilganda paydo bo’ladi. 
Abu Ali ibn Sino shunday deydi: “sezish bu har bir narsani bir yoki boshqa 
yo’lda idrok etishning qabul qilinishidir.” Va u hissiy sezish haqida shunday 
deydi: “his qiluvchi organlar yordamida sezilgan barcha tasavvurlar his qilish 
organlariga yetkaziladi, ular tomonidan taassurotlanadi va his etish bo’limlari 
tomonidan seziladi”. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, his qilish bilimi bu sotib 
olingan bilim, uning manbasi his etilgan stimuli, va u ichki va tashqi sezgi 
8
Abd al-Rahman al.Naqib (Egypt). Professor and director of the Department of Educational Fundamentals at 
Mansoura University. Author of numerous articles and books; has participated in several national and 
international conferences on education. Among his works are: Avicenna’s Educational Philosophy; Muslim 
Theoretical and Practical Medical Training; Studies on Islamic Education; The Degree of Islamic Involvement 
among Students; and Islamic Education: Vocation and Structure (in Arabic) 217-b.


18
bo’limlari bo’ladi. Intellektual bilim fani bu oddiygina sezilgan narsalardir, va u 
insonning Olloh tomonidan berilgan spekulyativ bo’limidir va bu aqliy bilimni 
sotib olishga qodir.  
Intellektual bilim ta’siri kuchli bo’lishi uchun, u o’z vazifasini bajarishi 
uchun aniq structurada bo’lishi lozim, va tovushsiz fikrlar va sabablarni o’qiy 
olishi lozim; bu qurilma esa logikadir. Logika bu nazariya yoki bir mavjud 
qurilma va u intellekni hato qilishdan himoya qiladi. Abu Ali ibn Sino ruhiy 
harakterni huddi “qalbdan harakatlarni sokinlik va eski hayollarsiz aniqlikda 
joylashuvi” deb hisoblagan. Bu shuni anglatadiki, harakter bu faqat yaxshi hulq 
uchun tajriba qilish emas, balki har qanday kutilmagan holat uchun tayyorgarlik 
ko’rishdir chunki bu holda inson ko’nikib qoladi va boshqa vaziyatda hech narsa 
qilolmaydi. Biz haqgo’y odam deb gapirganda faqat rost gapiradigan odamga 
nisbatan aytamiz, va ajoyib tuhiy harakterga ham huddi shunday ta’rifni 
ishlatsak bo’ladi. Bir xil usulda, biz yolg’onchi odam deb faqat yolg’on 
gapiradigan odamga nisbatan aytamiz va shunga o’xshab boshqacha 
harakterlilarga shu ta’rif bo’ladi.  
Inson uchun yana shu narsa majburki, agar uning qalbi ruhiy yovuzlikka 
duch kelsa, uning qarama qarshisini tushunib yetish uchun o’z qalbini a’lo 
himmat yo’lidan qalbini u yo’lning o’rtasidan borishga majburlashi va unga bu 
yo’lni o’rgatishi lozim.  
Barchasini bir qilib, manziliy nuqta bu sabab. Qachonki inson bu 
sababga itoat qilishni o’rgangandagina, u tarbiyali va fazilatli bo’lish yo’lida 
bo’ladi. Sabab bu yaxshi xulqni aniqlovchi, yo’lning o’rtasida aniqlangan 
sandartar, agar bir qo’l bo’lsa u boshqa bittasi bilan barobar bo’lishidir. Sabab 
o’zi har qanday ikkita yomon harakter o’rtasida turgan himmat uchun meyorni 
aniqlay oladi. Sabab fazilatlar o’rtasidagi garmoniyani tenglashyirib turadi, 
demak, hech qaysi bir fazilat boshqasidan ustun bo’lmaydi, va inson o’z 
ruhiyatidagi barcha tenglikka bir fazilatni boshqasidan orttirib yubormasdan 
erisha oladi. Bu yerda e’tiborga olish kerakki, ruhiyat va etikaning qiymatlari 
avvalo Qur’onda belgilangan va Payg’ambarning barcha amallari inson 
qalbining chuqur diniy cheklovlariga amal qilgani, Abu Ali ibn Sino uchun bu 
sababning barcha yomon ishlar ustidan hukmron bo’la olshiga sabab bo’lgan. 
Endi shu aniqki, ruhiy qiymatlarni tushunish uchun Sababning shunchaki qabul 
qilinishi yetarli emas. Ularning ildizi yurakdan joy olishi, va “ruhiy his” inson 
tabiati strukturasining bir bo’lagi bo’lib qolishi juda ham muhim.  
Abu Ali ibn Sinoning fikricha, ahloq bu inson hayotida erishiladigan 
narsa, u birga tug’ilmaydi balki keyinchalik unga erishiladi, va uning qanchalik 
erishilishi insonning ‘odat’, ‘taqlid’, ‘qo’rquv’ va ‘donolik’ haqidagi niyatlariga 
bog’liq bo’ladi. Abu Ali ibn Sino ahloqqa erishish jarayoni tug’ilgan go’daklik 
vaqtidayoq boshlanadi, chunki, bolakay yoshligidan tug’ilgandan ko’p o’tmay 
qiyinchiliklarga duchor qilinadi va bular natijasida uning psoxologiyasiga, va 
etik rivojlanishiga ta’sir o’tkazadi deb hisoblagan. Shu sababdan Abu Ali ibn 


19
Sino bolalik va u bilan bog’liq hamma narsaga juda qattiq e’tibor bergan: 
enaganing ahloqi va tabiatiga, o’qituvchisi, bola o’qigan joydagi uning do’stlari 
va raqiblari.
9
  
Mutafakkirning – “Donishnoma”, “Risolai ishq”, “Uy xo’jaligi”, “Tib 
qonunlari” asarlari xalqimiz odob axloq psixologiyasi va tabobat olamida 
alohida o’rin tutadi. Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari
ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga
o’rgatmoq shart, deydi. YOsh yigit biror hunarni o’rgansa, uni hayotga tatbiq eta 
olsa va mustaqil hunar orqali oilani ta‘minlaydigan bo’lsagina, otasi uni
uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi. O’spirin hunar egallashi bilan unda 
nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy xislatlari ham tarkib topa 
boshlaydi.
Hunar egallash orqali o’spirinlarda sabr-bardoshlik, chidamlilik,
mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar 
shakllanadi. Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda kasb
tanlashga alohida e‘tibor berish kerakligini ta‘kidlashi uning yoshlarni kasb-
hunarga yo’llash masalalariga alohida e‘tibor bilan yondashganini ko’rsatadi.
Uning fikricha, har bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina
egadir, unga o’xshagan insonlar kamdan-kam bo’ladi.
Hozirgi davrda ham allomaning falsafiy-psixologik qarashlari, ijtimoiy 
hayotimizda o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Uning tarbiya va mijoz xususidagi 
fikrlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, shaxslararo munosabatlar etikasiga 
munosib hissa bo’lib qo’shiladi. Olimning falsafa, mantiq, psixologiya, 
siyosiyijtimoiy fanlar bo’yicha bizga meros bo’lib qoldirgan asarlari bashariyat 
uchun dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling