5
Psixologiya -
o‘zi nima?
degan savolga bir nechta psixologik ta’riflarni ko‘rish
mumkin. Avvaliga psixik jarayonlarni o‘rgangan V.Vuntning
fikricha, psixologiyaning
asosiy vazifasi introspeksiya bo‘lib, u shaxsiy psixolog ya’ni
emotsional holat va hissiy
jarayonlarni o‘zi tahlil qilishidir.
1920 yillardan 1960 yilga qadar amerikalik psixolog J.B.Uotson
introspeksiyani rad etib, psixologiyani xatti-harakati kuzatuvchi fan deb atadi.
Psixologlar 1960 yillarda bu fanni xulq va ruhiy jarayonlar haqidagi fan deb
atashgan. Ruhiy jarayonlar ichki subektiv jarayon bo‘lib, buni hulqiga qarab aniqlaymiz –
his qilish, anglash, tush ko‘rish. O‘y-xayol hislardir. Psixologiya
fan sifatida kuzatuv
asosida fikrlarni tahlil qilish va g‘oyalarga baho berishga intiladi - degan ilmiy fikrlar ham
bo‘lgan.
Turli mazmundagi taassurotlar tufayli paydo bo’ladigan hissiy holatlar
hayotimizning turli-tuman ko’rinishlaridirki, bularning
hammasini psixologiya fani
o’rganadi.
Psixologiyaning o‘z chegaralari bor. U sizga aniq va yakuniy javob bermaydi.
Masalan, Lev Tolstoyning quyidagi “Nima uchun yashayapman? Nimadir qilishim
shartmi? Hayotda kutib turgan o‘limga bo‘ysunmaslikdan maqsad bormi”,-degan
savollarga har bir shaxs o‘zicha javb beradi. Biroq psixologiya sizga odamning
hissiyoti, o‘yi, xatti-harakatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
4
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo’lishi haqida yana bir qancha turlituman
fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va uning paydo bo’lishi,
taraqqiyoti
masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: