Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
pedagogik mahorat va qobiliyatning mazmun-mohiyati, tarkibini sistema sifatida o’rganish, oliy o’quv yurtlarida kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun pedagogik mahorat yani, fahmfarosat va chinakkam ilmiy bilimlarning, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan obro’li rahbarlikning, o’quvchilar qalbining qandayligini his qilish mahorati (empatiya), ichki dunyosi, nozik va zaif bo’lgan o’quvchi shaxsiga mohirona, avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga boy bo’lgan qobiliyatlar kerak bo’ladi. Har bir insonda u yoki bu kasbga qobiliyat mavjud bo’ladi. Ba’zi taniqli ruhshunoslarning fikricha (F.Gonobolin, N.Kuzmina), pedagoglik kasbi uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi: ➢ o’rtaga tusha bilish; ➢ tashkilotchilik; ➢ o’zini idora eta bilish; ➢ mo’ljallay olish, chamalay bilish; ➢ kuchlilik, zehnlilik; ➢ faoliyatga ijodiy yondashish. 4. Kasbiy qobiliyatlarni o‘stirishda pedagogik mahoratning roli. 158 Bularning barchasi tarbiyaviy maqsad mavjud bo’lgan, insonparvarlik nuqtainazaridan turib yondashilgan taqdirdagina pedagogik qobiliyat tarkibiga kirishi mumkin. Pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri - pedagogik texnika bo’lib, u o’qituvchidan o’quvchilar bilan muomala qilganda zarur so’z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o’tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Haqiqiy pedagogik ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko’rinadi. Nutq, imo-ishora, mimika va harakat bilan birga sodir bo’ladi. Olimlarning hisoblashlariga ko’ra o’quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan 1/4 - 1/2 qismi o’quvchilarning o’qituvchi nutqini eshitishlari va tushunishlari Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p 159 uchun sarflanadi. Demak, o’quv materialining o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishi o’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog’liq ekan: 89 Pedagogik texnika tushunchasi 2 guruh tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi: o’qituvchining odob-axloqiy ko’nikmalari bilan bog’liq bo’lgan elementar: o’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon, ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish, ijobiy muhitni bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasavvurning kengligi; nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, diksiya, nutq tezliqi (tempi)); shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi ta’lim-tarbiyaning texnalogik tomoni bilan bog’liq bo’lib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik, muomala ko’nikmalari; talab qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish, jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi Ma’ruzachining qiziqishi va ishtiyoqi ma’ruza boshida yoki davomida muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu omil ma’ruzaning samaraliligiga aloqadorligini past baholash mumkin emas. Shu jumladan, qayd etib oʻtish joizki, ma’ruzani sifatini olib boruvchi ta’minlab beradi. Hodgsonning (1984) izlanishlariga koʻra, mavzuga boʻlgan talabalarning qiziqishi ma’ruzachining ishtiyoqi hamda ma’ruzaning hayotiy misollarga boyligi bilan belgilab berilgan. Brownning (1987) izlanish natijalariga koʻra esa, talabalar ma’ruzadagi muammo va topilmalarni lirik chekinishlar va hayotiy hikoyalar bilan boyitib amalga oshirgan oʻqituvchilarga kattaroq baho berganlar. Shuningdek, mavzu va talabalarga tegishli misollar keltirib oʻtilgan ma’ruzalarga ham yuqori baho berilganligini qayd etib oʻtishimiz lozim. 90 Pedagogik texnika pedagogning individual psixik-fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Indidvidual pedagogik texnika pedagogning jinsi, yoshi, mijozi, fe’l-atvori, anatomik-psixologik xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy tayyorgarlik darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi. Pedagogning nutqi tartibsiz, qashshoq bo’lsa, o’zi jizzaki bo’lsa, didi past, madaniyatsiz bo’lsa, eng topib gapirgan to’g’ri so’zi ham tarbiyalanuvchilarga ta’sir etmaydi, balki teskari natijaga olib kelishi mumkin. O’qituvchining shaxsiy intilishi, munosabati pedagogik mahorat tarkibiy qismlari orasida muhim o’rinni egallaydi. Uning bunday shaxsiy munosabati unda tegishli bir qolipdagi fikrlar sistemasi mavjudligi bilan izohlanadi, shu tufayli u ko’p hollarda deyarli avtomatik ravishda ta’sirlarga javob bera oladi. 89 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 220. 90 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, p. cm. p: 60. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling