Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Birinchidan,
pedagogik faoliyati jarayonida individual xususiyatlarning 
mavjudligi, ularni tuzatish va takomillashtirish, 
ikkinchidan,
pedagogning 
ijtimoiymadaniy muhitga singishi, ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimiy-madaniy 
me’yorlari va kasbiy mahoratini namoyon etishi.
O‘qituvchining kasbiy professionalizmi - pedagogik mahorati va o‘z 
kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi,
o‘qituvchi-pedagog shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. SHunday muhim
xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, 
uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik mahorati (o‘z-
93
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 59.


164
o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari va o‘quvchi-talabalar bilan o‘zaro 
hamkorlik qila olish malakasi) kiradi.
SHundan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchi 
professionalizmi - bu shaxs va faoliyat sub’ektining murakkab va ko‘p qirrali 
integral 
xususiyatlari 
kompleksi 
bo‘lib, uning tuzilmasi 
quyidagilardan iborat: o‘qituvchi professionalizmini tashkil 
etuvchi yaxlit komponentlar; o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga 
qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan
belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar;
o‘qituvchi sub’ekt sifatida pedagogik faoliyat va muloqotda 
namoyon 
bo‘luvchi 
individual-psixologik 
va 
tipologik 
xususiyatlari.
O‘qituvchining pedagogik professionalizmiga doir ma’lumotlar va 
tushunchalar bo‘yicha tizimli yondashuv nazariyasi nuqtai nazaridan 
o‘tkazilgan qiyosiy tahlillarimiz professionalizmining nafaqat mazmun
faoliyat va pedagog shaxsiga tegishli jihatlari, balki uning yaxlit (integral) 
komponentlarini ham belgilash imkoniyatini beradi. Mazkur komponentlar 
quyidagilar:
✓ 
umumiy va maxsus qobiliyatlar;
✓ 
o‘qituvchi shaxsning pedagogik yo‘naltirilganligi; 
 
kasbiy-
pedagogik jihatdan komponentlik;
✓ 
o‘qituvchi-shaxsning kasbiy muhim sifatlari;
✓ 
pedagogik faoliyat va muloqotdagi individual uslubiy 
xususiyatlari;
✓ 
pedagogik mahorat;
✓ 
kasbiy-pedagogik tajriba;
✓ 
kasbiy-shaxsiy va ijodiy slohiyat.
Biz har bir komponent o‘qituvchi professionalizmi shakllanishi va
rivojlanishining individual xususiyatlari bilan, ya’ni o‘qituvchining o‘z 
kasbining ustasi bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir etadi.
Umuman, bu fikrlar hozirgi zamon pedagogika va psixologiyasida ilgari 
surilayotgan metodologik tamoyillar sub’ekt yondashuvi g‘oyalariga 
asoslanadi va kelajakda bu muammo yanada chuqurroq tadqiqotlarni talab 
etadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling