Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

biologik va ijtimoiy
ko`rinishda bo`ladi.
Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi 
tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lsa, ijtimoiy muloqot esa 
shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish 
bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida 
namoyon bo`ladi. Muloqot vositasiga ko`ra
bevosita va bilvosita
bo`lib,
bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo`li, boshi, tanasi, 
tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo`ladi, agar
muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va
vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari 
ishbilarmonlik va shaxsiy
turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti 
odamlarning turli xildagi qo`shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining
sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy muloqot esa shaxs
o`zining psixologik muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o`z
hayotiga, atrofida nimalar bo`layotganligiga bo`lgan munosabatini 
atrofdagilardan bilishga yo`naltirilgandir.


174
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib
o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘ri va aniq anglashga, 
tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va 
tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida 
shaxslarning bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari 
muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A.Bodalev 
boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash 
borasida qator psixologik qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga 
quyidagilar kiradi:
identifikatsiya;
refleksiya;
stereotipizatsiyalar.
Identifikatsiya
- shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar 
birbirlarini to‘g‘riroq idrok qilish uchun o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yib 
qo‘yishga harakat qiladilar. Ya’ni, o‘zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar 
orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish 
(ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga 
ketayotgan yigitning ichki holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi 
mumkin.
Refleksiya
- muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, 
o‘zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli 
bo‘lib, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilish. Chunki, busiz odam 
muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini 
tanlashi mumkin.
6
7-rasm 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling