Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Muloqot va uni o‘rganish muammolari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Muloqot
va uni o‘rganish muammolari. Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub isloxotlarni amalga oshirish, mexnat unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning xolatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikatsiya xolatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. Talaba-rahbar munosabati uchun mo’ljallangan yo’riqnomalarni tuzish juda muhim va samaralidir, ta’lim olishning boshqa turlari kabi. Bu degani, izlanish muqaddimasidayoq rahbar faoliyati kerak bo’lgan ishlar, talaba zimmasiga yuklatiladigan vazifalar, ikki tarflama qilinadigan rejalar haqida ikki tomonlama rozilik tuziladi. Bu rozilik hujjatlashtirilib, ikki tmonlama tasdiqlanishi shart. Bu vazifalarga aniqlik kiritishni, javobgarlikni, natijalarni ko’zda tutadi. Shu bilan birga, ba’zi bir masalalar bo’yicha ikki tomonlama munozara olib borilishi kerak. Agar asosiy rahbar, ikkinchi darajali rahbar va talaba o’rtasida muammo yuzaga kelsa, talaba qanday yo’l tutishi kerakligi haqidagi munozaralardir. Ba’zan bu kabi munozaralar o’tkazilmaganligi sabali, keyinchalik rahbar-talaba o’rtasida muammolar avj olishiga sabab bo’ladi. 100 Shuning uchun xam xozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga 99 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 316 100 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 341. 178 o‘rgatish muammosini chetlab o‘tolmaydi. Umuman, xozirgi davrda xar qanday mutaxassis - shifokor, muxandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar xam kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professoinal mahoratini ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan xamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. Chuqur yondashuvni qoʻllayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, oʻquv dasturiga kiritiladigan, amaliy oʻzgarishlar tadqiqot oʻtkazish nima ekanligi, tadqiqotda nima muhim ekanligi, uni qanday oʻtkazish va “yaxshi” tadqiqot qanday koʻrinishga ega ekanligi kabi masalalarni vizual va verbal holatda oʻrganishga imkoniyat yaratish kabilarni oʻz ichiga oladi. 101 Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, birbirini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Noto‘g‘ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o‘rgatganda, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishdir. Uning ikkinchi tomoni - Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling