Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Boshqaruv psixologiyasida motivlashtirish va ehtiyoj.
Boshqarish
- o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Boshqarishdan maqsad - muddao, maqsad, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzularning amalga oshishidir. Maqsadning ilmiy asoslanganligi muhimdir, shunga ko’ra: boshqarish funksiyalari; boshqarish usullari; boshqarish strukturasi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash muhim masalalar hal etiladi. Zamonaviy boshqaruvda rahbar salohiyati yuksak bo’lmog’i lozim. Boshqaruv uslubi rahbarning individual xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin shu bilan birga boshqarish qonunlari, tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan umumiy talab, jamoadagi sotsial-ruhiy (ijtimoiy-psixologik) muhit kabi obyektiv omillar ham bor. Bundan tashqari, psixologiyadagi qator psixodiagnostik uslublar, konkret metodikalar ham borki, rahbarning ish stolida ulardan eng qulay va ishonchlilari turishi, inson faoliyatini to`g`ri tashkil etishga bevosita aloqador bo`lgan allomalar va taniqli arboblarining asarlaridan ham bo`lishi uning ishiga faqat ijobiy tapsir ko`rsatadi. Bir qator taniqli psixolog-olimlarning mashhur asarlari va ularning insonlar bilan muloqotda bo`lish san’ati har bir mutaxassisning o`z ishini tashkil etishida ko`makchi bo`lishi mumkin. 2. Boshqaruv psixologiyasida motivlashtirish va ehtiyoj. Oldingi mavzularda to`xtalib o`tganimizdek, motivatsiya - biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan: motivlashtirish - bu ruhiy omil bo`lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. Boshqaruv psixologiyasida - xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag`batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo`llar bilan maqsadga muvofiq yo`naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog`liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo`ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o`z kuchini tiklash, o`zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar-joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning 103 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 369. 187 moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo`lish va sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi. Umuman, ehtiyoj - odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo`zg`atuchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo`ladi. Ya’ni, u kishilarning: odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, millati, mehnati, yashash sharoitlari va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, maktab o`quvchisi bilan talabaning, yosh yigit bilan pensionerning, dehqon bilan iqtisodchining ehtiyoji bir xil emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham, ehtiyojlarda faqrlarni hosil qiladi. Aytaylik, gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir emas. Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ta’lim sohasidagi aksariyat olimlar maqsadli motivatsiyaga faqat toʻgʻri yoʻnaltiruvchi kuch deb emas, balki motivatsiya qudratini oʻlchovchi koʻrsatkich sifatida ham qarashadi (Entwistle va Ramsden, 1983). Maqsadli motivatsiyaga ega talaba maqsadsiz motivatsiyasiga ega talabadan tubdan farqlanadi. Ushbu tushunchalar ilgari oʻrganilgan yondashuvlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, ichki va tashqi motivatsiya turkumidagi talabalar maqsadli motivatsiyada yuqori yoki past natijani qayd etishlari ehtimoldan holi emas. 104 Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, talaba axloqiy va ruhiy taraqqiyot borasida ichki motivatsiyani shakllantirsada, akademik yoʻnalish hisoblanmish insho yozish borasida toʻliq ishonch va kutilgan natijani namoyon eta olmasligi mumkin. Demak, talabalarda yuqori darajadagi maqsadli motivatsiyani ragʻbatlantirish va qoʻllab quvvatlashda muvofiq baholash tizimini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etib, ularning ilm olish harakatlarida ijobiy samarani berishda katta rol oʻynaydi. 105 Ko`rinib turibdiki motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga bo`lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli, yohud umuman yo`qligidan boshlanadi. So`ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag`batlantiradi. Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga undovchi turli nazariyalari mavjud. 104 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 29. 105 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 30. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling